Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda qariyb 11 sotix yerni 23,5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
Buxoro viloyatida hokimlik balansida bo‘lgan 11 gektarga yaqin yer maydonini katta pulga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga tushdi.
Buxoroda hamshahari ishonchiga kirib, unga 10,8 sotix yerni sotishni rejalashtirgan shaxs qo‘lga olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning ma'lum qilishicha, u oldindan kelishilgan 23 500 dollarni olgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlangan.
Qayd etilishicha, yer Buxoro tumani hokimligi tasarrufidagi zaxira maydon bo‘lgan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish), 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
- Avvalroq Andijonda o‘ziga tegishli bo‘lmagan 1 gektar yerni 45 ming dollarga, Parkentda besh gektar yerni 1 mln dollarga, Bo‘stonliqda 5 gektar yerni 300 ming dollarga, Bulung‘urda 20 gektar yerni 300 million so‘mga, Sirdaryoda 2,5 gektar yerni 66 mln so‘mga, Sergelida ijaraga olgan 11 sotix yerini 37,5 ming dollarga, To‘raqo‘rg‘onda 80 sotix yerni 29 ming dollarga, Yangiyo‘lda 8 sotix yerni 10 ming dollarga, Bog‘dodda 8 gektar yerni 8 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olingan edi.
Mavzuga oid
23:12 / 14.01.2026
Xivadagi Kongress markazi va Farg‘onadagi ekspomarkaz loyihasi prezidentga taqdim etildi
12:05 / 10.01.2026
Buxoroda bir guruh voyaga yetmaganlar ishtirokidagi janjal holati o‘rganilmoqda
14:48 / 08.01.2026
Buxorodagi yangi aeroport 2027 yilning birinchi choragida ishga tushirilishi rejalashtirilyapti
11:58 / 17.12.2025