Buxoro viloyatining Peşko‘ tumanidagi 4-sonli davlat ixtisoslaştirilgan maktab-internatining yotoqxonasi 430 million söm mablağ evaziga ta'mirlandi va «Ayollar ijtimoiy yotoqxonasi»ga aylantirildi. 

Yotoqxonadan boquvçisini yöqotgan va voyaga yetmagan farzandlarini qiyin şaroitda yolğiz tarbiyalab kelayotgan 16 nafar ayolga xonalar ajratilgan.
 
19 mart kuni bölib ötgan yotoqxonaning oçiliş marosimida viloyat hokimi Botir Zaripov iştirok etib, öz boşpanasiga ega bölgan ayollar va ularning farzandlari bilan suhbatlaşgan hamda yotoqxonadagi şart-şaroitlarni yanada yaxşilaş yuzasidan tavsiyalar bergan. 

Peşko‘ tumani Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliğining birinçi örinbosari Muxlisa Jabborovaning ma'lum qilişiça, tumanda 1 776 nafar xotin-qiz «Ayollar daftari»ga kiritilgan. Ularning 1 178 nafarini öz kasb-koriga, daromadiga ega bölmaganlar taşkil qiladi.