Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy sud raisining o‘rinborsari Buxoro shahrida 196 ta murojaat qabul qildi
Buxoro viloyatida Oliy sud raisi o‘rinborsari Ikrom Muslimov tomonidan sud-huquq sohasida sayyor qabullar boshlandi.
Oliy sud matbuot xizmatiga ko‘ra, 17 mart kuni Buxoro shahrida o‘tkazilgan sayyor qabulda Oliy sud raisi o‘rinbosariga 196 nafar fuqaro murojaat qilgan. Qabul qilingan murojaatlarning 66 tasi jinoyat, 103 tasi fuqarolik, 19 tasi ma'muriy hamda 8 tasi iqtisodiy ishlarga oid bo‘lgan.
Qabul jarayonida 60 ta murojaat joyida hal etilib, 77 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilgan. Shuningdek, 59 ta murojaat bo‘yicha arizalar Oliy sud tomonidan kassatsiya tartibida hal qilish uchun qabul qilingan. Ta'kidlanishicha, ushbu murojaatlarning barchasi qanoatlantirilib, tegishli sudlov xay'atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazildi.
Sayyor qabulda jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi tomonidan 4 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod qilingan, Buxoro viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay'ati tomonidan esa 1 nafar shaxs oqlangan.
Mavzuga oid
12:10
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
08:20 / 25.05.2026
Buxoroda sog‘liqni saqlash tizimidagi korrupsion sxema fosh etildi
21:35 / 21.05.2026