8 Aprel

«O‘zbekkino» Milliy agentligi tomonidan tashkil etilgan «Kinokarvon» guruhi Buxoro viloyatiga yetib keldi.  

7 Aprel

Buxoro Arxitektura va qurilish kolleji binosi negizida qurilish sohasida mutaxassislarni tayyorlash markazi faoliyat boshladi. Markazning ochilish marosimida viloyat hokimi Botir Zaripov ishtirok etdi. 

6 Aprel

Buxoro viloyat prokuraturasi Buxoro tibbiyot institutida yirik korrupsiya holatlariga qo‘l urilgani haqidagi xabardan so‘ng institut faoliyati yuzasidan o‘rganish boshladi.

Joriy yil yanvar oyida qabul qilingan “Olis hududlardagi budjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarorida ta'lim sifati past maktabda dars berish uchun boshqa hududdan jalb qilingan o‘qituvchiga maxsus ustama - boshqa viloyatdan kelib ishlasa, 100 foiz, boshqa tuman (shahar)lardan kelib ishlasa, 50 foiz qo‘shimcha haq to‘lanishi ta'kidlangan edi.

Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilgan fuqaro D.T. tergov organlaridan yashirinib yurgandi. Unga Buxoro shahar IIOFM boshqarmasi huzuridagi TB tomonidan 2019 yil 11 noyabr kunidan buyon qidiruv e'lon qilingan. 

5 Aprel

Bloger Umid G‘ofurov Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori hammuallifligidagi kitob shu institut tomonidan 1,4 mlrd so‘mga sotib olinayotgani va institutda korrupsiya borligini tasdiqlovchi dalillarga egaligini ma'lum qildi. OTM uning da'volarini rad etdi. Yuqori turuvchi tashkilotlar tekshiruv o‘tkazishga shoshilmayapti.

4 Aprel

«O‘zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan «Buxoriylar»  studiyasi  tomonidan «Tutqunlik» dramasining tasvirga olish ishlariga start berildi. 

3 Aprel

Buxoro tumanida A.A. ismli shaxs fuqaro H.Sh.ni aldab, mansabdor tanishlari orqali unga 4 gektar yerni 41 500 dollarga olib berishni va'da qilgan. 

2 Aprel

Toshkent shahrida «Metric Ventures» (Mj Group) va «Hyatt International» kompaniyalari o‘rtasida Buxoro shahrida 5 yulduzli, Hyatt Regency brendi ostida faoliyat yuritadigan mehmonxonani tashkil etishga doir shartnomani imzolash marosimi o‘tkazildi. 

1 Aprel

31 mart kuni Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Malayziyaning «ALPHA INDERA» kompaniyasi asoschisi Muhammad Shukri Osman hamda shu tashkilot ijrochi direktori Dalia Alkatiri boshchiligidagi investorlarni qabul qildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

31 Mart

Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida 2 ta va Romitan tumanida 1 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Mazkur MTTlarga bolalarni qabul qilishda mahalladagi kam ta'minlagan, boquvchisini yo‘qotgan oilalar farzandlari uchun 50 foiz chegirma joriy qilingan. 

AQShning Valor Hospitality Partners kompaniyasi bilan O‘zbekistonda kompaniya boshqaruv ofisini ochish va Buxoro shahrida Hyatt Regency brendi ostida 5 yulduzli mehmonxona tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ko`proq yangiliklar
Top