Bloger Umid Ğofurov Buxoro davlat tibbiyot institutida korrupsiya holatlari avj olganini xabar qildi. U «Odam anatomiyasi» darsligi talabalarga majburan sotilayotgani, bu darslikni çop etiş böyiça buyurtmalar şubhali tarzda «Bitubi Grupp» MÇJga berilayotganini ma'lum qildi.
Umid Ğofurovga köra, «Odam anatomiyasi» darsligi mualliflaridan biri va ayni vaqtda institut rektori v.v.b. Şuhrat Teşayev «Bitubi Grupp» MÇJ ta'sisçisi Eduard Itskov bilan kelişgan holda, bir neçta şartnomalar orqali 1,4 mlrd sömga yaqin institut pullarini şu korxonaga köçirib bermoqda.

Bloger bir neçta takliflar orasidan «Bitubi Grupp» MÇJning tanlab olinişiga e'tibor qaratdi. Kitob birja savdolariga qöyilganda har bir dona töplam uçun 364 ming, 369 ming, 373 ming va 380 ming sömlik nisbatan arzonroq takliflar berilgani holda 382 ming sömni taşkil etuvçi «Bitubi Grupp» MÇJ taklifi qabul qilingan.
Buxoro davlat tibbiyot instituti holatga munosabat bildirib, mazkur kitob smart şakldagi qulayliklarga egaligi, kitobni yaratişdan maqsad tibbiy ta'limning innovatsion texnologiyalarini qöllaş ekanini bildirdi.
Rasmiy axborotda universitet kitob çop etiş böyiça şartnomalarni Tovar-xomaşyo birjasi orqali qonun doirasida amalga oşirgani, xaridlarni yetkazib beriş böyiça öz tijoriy taklifini bergan korxonalar kitobga qöyilgan talablarni tuşunib, savdoda iştirok etişni özlari rad qilgani, kitob mualliflaridan biri – institut rektori v.v.b. Şuhrat Teşayev bu lavozimga 2020 yil 19 sentyabrda tayinlangani va şartnomalarning aksariyati Ş.Teşayev hali rahbar bölmagan vaqtda tuzilgani ma'lum qilingan.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi




















