Buxoro tumanida A.A. ismli şaxs fuqaro H.Ş.ni aldab, mansabdor tanişlari orqali unga 4 gektar yerni 41 500 dollarga olib berişni va'da qilgan.
Buxoro viloyati IIB axborot xizmatining ma'lum qilişiça, A.A. Buxoro tumani Şexonça mahallasi hududidagi fermer xöjaligi hisobida bölgan, boğdorçilik uçun möljallangan 4 gektar yerni issiqxona quriş uçun olib berişini aytgan. U mazkur mahallada joylaşgan savdo dökonida kelişilgan pulning 1000 dollarini olayotganda uşlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
















