23 Fevral

Saytimizda Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi noqonuniy yer taqsimlashlar haqida bir qator reportajlar uyushtirdik. Ularni o‘rganishimiz jarayonida Abdulla Qahhor mahallasi ahli ko‘p qavatli uy oldidagi bog‘ va ko‘cha yuzidagi bo‘sh yer tadbirkorlarga berib yuborilgani borasida ham shikoyat qilib qolishdi.

Qorako‘l tumanida bir guruh ayollar yo‘l ustida o‘zaro janjal ko‘tarishdi. Ulardan biri Spark mashinasini ayollar ustiga haydagan. Tergovga qadar tekshiruv ishlarini viloyat IIB o‘z nazoratiga olgan.

22 Fevral

Buxoro viloyatida 1 500, Qashqadaryo viloyatida 4 000 AQSh dollari evaziga fuqarolarni ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar shaxslar ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

21 Fevral

Buxoro shahrida insonlar o‘limi bilan bog‘liq avtohalokat sodir bo‘ldi. Bir yo‘nalishda harakatlanayotgan Cobalt va Matiz o‘zaro to‘qnashib ketgan. 

Buxoro viloyati G‘ijduvon shahrida ikki tadbirkorning xarid qilgan yer maydonini tuman hokimligi qonunga zid tarzda zaxiraga qaytarib olib, boshqa tadbirkorga ajratib bergan. Endi ular sudlashishmoqda. Hududda esa allaqachon yangi qurilish qad rostlagan.

20 Fevral

Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmatining xabar berishicha, o‘z arizalariga ko‘ra, turli viloyatlarda faoliyat olib borayotgan to‘rt nafar sudya lavozimidan ozod etilib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.

18 Fevral

Viloyatda 2021 yilda sodir etilgan 436ta YTHning 92tasi o‘lim bilan yakunlangan. 344ta avtohalokatda insonlar turli darajada tan jarohati olishgan.

16 Fevral

Kogon tumanida MChJ rahbari va sobiq bank xodimi o‘zaro til biriktirib, kredit evaziga garovga qo‘yilgan 789,4 mln so‘mlik mulkni sotib yuborganligi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

15 Fevral

Viloyatning 8 ta tumanida 78 ta noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalari auksion savdolariga chiqariladi.

«Asakabank» AJ Buxoro viloyati filialining sobiq boshqaruvchisi hamda bosh ofis Ichki audit xizmati boshlig‘i qidiruvga berildi. Ular bir guruh shaxslar bilan jinoiy til biriktirib, davlat va bank manfaatlariga katta miqdorda zarar yetkazgan. 

O‘zbekistonda 1 kvadrat kilometr yer maydoniga qancha aholi soni to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.

11 Fevral

G‘ijduvonlik keksa va taniqli jurnalist Zarif Sa’diyev tumandagi so‘nggi yillarda yuz bergan voqealarni bir jumlada shunday ifodaladi: «G‘ijduvonda sotilmagan Xo‘jai Jahon qoldi».

Ko`proq yangiliklar
Top