Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hududlar bo‘yicha 1 kvadrat kilometr yer maydoniga qancha aholi to‘g‘ri kelishi aytildi
O‘zbekistonda 1 kvadrat kilometr yer maydoniga qancha aholi soni to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda 1 kvadrat kilometr yer maydoniga o‘rtacha 78,6 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri keladi.
Qayd etilishicha, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,6 kishiga ortgan (2021 yilda 1 kvadrat kilometrga 77 kishi).
Hududlar bo‘yicha 1 kvadrat kilometr yer maydoniga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha aholi soni quyidagicha:
- Qoraqalpog‘iston R. – 11,7 kishi;
- Andijon viloyati – 756,6 kishi;
- Buxoro viloyati – 49,1 kishi;
- Jizzax viloyati – 68,1 kishi;
- Qashqadaryo viloyati – 119,3 kishi;
- Navoiy viloyati – 9,3 kishi;
- Namangan viloyati – 394 kishi;
- Samarqand viloyati – 240,4 kishi;
- Surxondaryo viloyati – 136,5 kishi;
- Sirdaryo viloyati – 205,3 kishi;
- Toshkent viloyati – 192,9 kishi;
- Farg‘ona viloyati – 576,4 kishi;
- Xorazm viloyati – 318 kishi;
- Toshkent shahri – 8 035,1 kishi.
Avvalroq, O‘zbekiston aholi soni bo‘yicha dunyoda 43-o‘rinda qayd etilgani xabar berilgandi.
O‘zbekistonda 2022 yil 1 yanvar holatiga doimiy aholi soni 35,2 mln kishini tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 712,4 ming kishiga yoki 2,1 foizga ko‘paydi.
BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvar holatiga yer yuzidagi jami aholi soni 7,8 mlrd kishini tashkil etgan. O‘zbekiston aholi soni bo‘yicha mamlakatlar o‘rtasida 43-o‘rinda qayd etildi.