«Ğijduvon-töqimaçi» xususiy uy-joy mulkdorlari şirkati böysunuvidagi köp qavatli uyda yaşovçilarning aytişiça, bu yerda köp yillik mevali boğ bölgan. Mahalla ahli suv çiqarib, daraxtlarni parvariş qilişgan. Soyasida dam olişgan. Ayniqsa bolalar mevalaridan tanovul qilişgan. Endi esa boğning bir qismi tadbirkorga berib yuborilgan.

«Boğimizda soya-salqinda dam olar edik. Daraxtlarni kesişdi, tadbirkorga berib yuborişdi va tört tarafidan örab qöyişdi. Havo aylanişiga ta’sir qiladi», - deydi şu «dom»da yaşovçi Matluba Şamsiyeva.


Ma’lum bölişiça, uşbu hududdan 465 kvadrat metr yer maydoni Ğijduvon tumanining sobiq hokimi Murod Umarovning 2019 yil 13 iyuldagi 7962-sonli qarori bilan «Ibrohim Rahmat» xususiy korxonasiga ajratib berilgan.

Bunga sabab qilib «Ibrohim Rahmat» xususiy korxonasining Ğijduvon dehqon bozori hududidagi köçmas mulklari davlat va jamoat ehtiyojlari uçun buzilgani keltirilgan.
Hokim qarorining 4-bandida ajratib berilgan yer maydonidan 2 yil davomida foydalanilmasa, qaror öz kuçini yöqotişi körsatilgan. Biroq ajratib berilgan yer 2022 yil fevral oyi boşlarida şunçaki örab qöyilgan, daraxtlar kesilgan, xolos. Ya’ni formal jihatdan muddat ötgan va qaror öz kuçini yöqotgan.
Şu hududda joylaşgan 5 qavatli köp qavatli uyning yonida ham quriliş uçun yer ajratib berilgan. Yer maydonining bu tarzda ajratib berilişi şaharsozlik me’yorlariga aslo töğri kelmasligi aniq. Boz ustiga, yerni egallab quriliş qilgan tadbirkor uni bitirmasdan, çala holida sotuvga qöygan.


Yaxşi biznes — mavjud me’yorlarni oyoqosti qilib, yer uçun hokim qarorini çiqartirasan, fuqarolarning qarşiliklariga qaramasdan quriliş qilasan, keyin uni çala holida kadastr qilib, mömay pulga pullaysan.

Ğijduvonda boğçalarga va madaniy meros obektlariga tegişli yer maydonlari tadbirkorlarga bölib berilgani, birovning nomida mulk bölib turgan yerlar kompensatsiyasiz davlat zaxirasiga olinib, boşqa tadbirkorga tortiq qilib yuborilgani haqida hikoya qildik.


Ğijduvonda odamlar ham, daraxtlar ham oyoqosti qilinmoqda. Bolalar öynaydigan maskanlarga çang solinmoqda. Bu qonunsizliklar uçun kimlardir javob beradimi? Öşa kimlardir javob berişi uçun kimdir ularni söroqqa tuta oladimi? Nega Ğijduvonda qonunga rioya qiliş bu qadar qiyin?
Şuhrat Şokirjonov, jurnalist
Tasvirçi va montaj ustasi: Faxriddin Hotamov












