Ma’lum qilinişiça, ATB “Mikrokreditbank” Kogon bank xizmatlari markazining murojaatiga asosan departamentning Buxoro viloyati boşqarmasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan. Tekşiruv jarayonida markazning sobiq mutaxassisi M.K. yaqin qarindoşi M. bilan özaro til biriktirib, MÇJga berilgan kredit evaziga garovga qöyilgan 789,4 mln sömlik mulklarni soxta hujjatlar tayyorlaş orqali taqiqdan yeçişga erişib, sotib yuborganligi aniqlangan. Bank xodimlari MÇJga ajratilgan kredit mablağini qaytariş çoralarini körmagan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş), 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qaraş), 228-moddasi (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) va 233-moddasi (band solingan mulkni qonunga xilof ravişda tasarruf etiş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
















