5 Oktabr

Bugun kunduz kuni Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida, Toshkent viloyatida kechga tomon ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimolda va cho‘l hududlarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 17-22 daraja iliq bo‘ladi; shimolda 9-14 daraja iliqqacha pasayadi. 

4 Oktabr

Namangan shahrida o‘lim bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabar qildi.

27 Sentabr

Namangan shahri – aholisining soni million kishidan iborat shaharga aylanadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev saylovchilar bilan uchrashuvda ma'lum qildi.

22 Sentabr

Akmaljon Mamatvaliyev erta tongda mo‘’jazgina vagonda nonushtaga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Vagon Pop tumanidagi 21-maktab hovlisida joylashgan. Qahramonimiz ham shu maktabda matematika va informatika fanidan dars beradi. Muallim nima sababdan vagonda yashamoqda deyotgan bo‘lsangiz kerak? Chunki uning uyi maktabdan 60 km uzoqlikda. Uydan qatnasa, har kuni olti marta mashina almashishiga majbur bo‘ladi.

20 Sentabr

Uchqo‘rg‘on tumanining Mustaqillik mahallasida yashovchi Komila Toshboyeva mana 30 yildirki mag‘izchilik bilan shug‘ullanadi. Ikki qop yong‘oqdan boshlangan ish bugun mahalladagi 40-50 ta odamni bandligini ta'minlamoqda.

19 Sentabr

Namangan viloyati Chust tumanida yashovchi Rahimjon Rajabov uzoq yillardan buyon bog‘dorchilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. 2007 yil avtohalokat sabab oyog‘i nuqsonli bo‘lib qolgan. Shunday bo‘lsa-da, qahramonimiz harakatdan, mehnatdan to‘xtamagan.

11 Sentabr

Joriy yilning 10 sentabr kuni soat 04:30larda, Namangan viloyati, Pop tumani hududidan o‘tgan A-373 "Toshkent-O‘sh" avtomobil yo‘lining 250-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

10 Sentabr

Fuqaro R.J. bir emas, uch marotaba uylanib, turli sabablarga ko‘ra, ajrashgan. 

3 Sentabr

Mingbuloqlik Qodirali Umarov uzoq yillardan beri suvchilik bilan shug‘ullanadi. 90-yillarda “kolxoz”da boshlagan ishini bugun fermer xo‘jaligida davom ettirmoqda. 

31 Avgust

Tarvuz-qovun yetishtirish bir mashaqqat bo‘lsa, pishganidan keyin uni qo‘riqlash ham o‘ziga yarasha ish. Biz Markaziy Farg‘ona cho‘llaridagi qovun paykallaridan birida bir kecha qolib, tongda vodiydagi eng katta qovunbozorga bordik.

26 Avgust

Znvar-iyul oylarida Toshkent shahri eng yuqori faollik barometri indeksi bilan reytingda 1-o‘rinni egalladi. Keyingi o‘rinlarni Samarqand va Sirdaryo viloyatlari egalladi.

O‘zbekistonda shunday go‘zal go‘shalar borki, u yerlarni tomosha qilish uchun mashaqqatli yo‘l bosib borish kerak. Namangan viloyati Pop tumanining tog‘li hududlarida joylashgan Arashanbuloq va uning atrofidagi ko‘llar ham shunday joylardan.

Ko`proq yangiliklar
Top