Kun.uz ijodiy guruhi toğlar orasida joylaşgan betakror manzillarni tasvirga oliş maqsadida yölga çiqdi.

Aslida 50-60 km masofani tekis yölda bosib ötiş uçun uzoği 1 soat kifoya qiladi. Biz yurgan yöl ham şunça masofa bölsa-da, salkam 5 soat deganda manzilga yetib bordik. Bunga sabab – yölning adir va toğlar oşa joylaşgani hamda öta ta'mirtalabligidir. Bu taraflarda aholi istiqomat qilmaydi. Lekin çöponlar hamda turistlar doim şu yöldan qatnaşadi.

Dengiz sathidan 3–3,5 ming metr balandlikda joylaşgan bu maskanlarning havosi juda toza.

Yoz oylarida ham havo harorati unçalik yuqori emas. Köp yomğir yoğadi. Bu yerdagi eng çiroyli manzaralar, şubhasiz, toğlar orasidagi köllardir.

Bu tomonlarga keladiganlarning asosiy manzili Araşanbuloq hisoblanadi.

Buloq ança balandlikda, iqlimi sovuq joyda joylaşgan bölsa-da, uning suvi issiq holda çiqadi.

Biz buloqqa yaqinlaşganimizda quyoş botib, yomğir yoğişni boşlagan edi. Buloq atrofiga çodirlar tikilgan va taşrif buyuruvçilar tunni şu yerda ötkazişga tayyorgarlik körişayotgandi.

Taşrif buyuruvçilar orasida Farğona, Andijon, Toşkent va yana boşqa viloyatlardan ham bor.

Tunni biz ham öşa hududda, maşinada ötkazdik. Yozning iyul oyi bölişiga qaramay, maşina taşqarisida havo ança sovuq edi.

Tong otişi bilan betakror manzaradan bahra olib, söng ortimizga qaytdik. Bunday maskanlarga kelgan kişi ruhan tetiklaşadi, ijobiy energiya oladi.