«Bu ishning ham o‘ziga yarasha mashaqqati bor» - tunda ham jo‘yaklarga suv tarayotgan suvchi
Mingbuloqlik Qodirali Umarov uzoq yillardan beri suvchilik bilan shug‘ullanadi. 90-yillarda “kolxoz”da boshlagan ishini bugun fermer xo‘jaligida davom ettirmoqda.
Suvchining so‘zlariga ko‘ra, o‘simliklarni sug‘orishning o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bor. Ertalab shudringda, kun issig‘ida, tun qorong‘isida ishlashga to‘g‘ri keladi. Uning aytishicha, baland-past yer maydonlariga suv chiqarish qiyin. Yer normal agrotexnika amaliyotidan o‘tgan bo‘lsa, suv yurishi ham ravon, yaxshi bo‘ladi.
Dehqon bu yil suvda biroz taqchillik bo‘lganini aytdi. Shunday bo‘lsa-da, paxtaga amallab suv yetkazilgan.
Qahramonimiz fermer xo‘jaligidan topadigan daromadini aytdi. Suvchi dehqonning aytishicha, fermer va ishchi ish haqi sifatida kelishgan g‘allasini beradi. Bug‘doydan keyin yer ajratadi. Somon pressni beradi.
Umumiy hisobda suvchining yillik daromadi 15 mlnga borib qoladi.
Shunday bo‘lsa-da, qahramonimiz hech nolimaydi. Oilasini halol kasb bilan boqayotganidan mamnun.
Mavzuga oid
08:10 / 23.11.2024
3,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi
08:10 / 20.11.2024
Salkam 1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi
11:10 / 02.11.2024
Fermer xo‘jaligi 382 mln so‘mlik qum-shag‘al aralashmasini qazib olgani aniqlandi
14:56 / 08.07.2023