17 Mart

Xalq deputatlari To‘raqo‘rg‘on tumani Kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rilib, tumanga yangi hokim tayinlandi.

16 Mart

Bir necha kundan buyon davom etayotgan yog‘ingarchilik tufayli Namangan shahri va tumanlardagi ayrim xonadonlar suvga to‘lgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 1 yanvar holatiga respublikamizda jismoniy shaxslarga tegishli jami yengil avtomobillar soni 3 million 51 ming 734 tani tashkil etmoqda.

15 Mart

Bir necha kundan buyon davom etayotgan yog‘ingarchilik tufayli Namangan shahrining ayrim ko‘chalari suvga to‘lgan.

«Angren-Pop» elektrlashtirilgan temiryo‘lining Namangan viloyati hududidan o‘tgan 71 km qismida ko‘p yog‘ingarchiliklar sababli temiryo‘l liniyalari oldiga tog‘dan tosh uyumlari ko‘chib tushgan. 

12 Mart

Hududlarda Navro‘zni nishonlash va Toshkent shahrida o‘tadigan bayram tantanalarida jamoalar ishtirokini ta’minlash viloyatlarga qanchaga tushayotgani ma’lum bo‘ldi.

Qamchiq dovonida yo‘lning chetki qismi o‘pirilib tushdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.

Qor ko‘chkisi xavfi yuzaga kelgani sababli Qamchiq dovoni vaqtincha yopildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

11 Mart

Fevral oyida eng ko‘p nikoh holatlari Samarqand viloyatida qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

10 Mart

Dinora Yoqubova Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.

DXX tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda Toshkent viloyatida ikki nafar shaxs 9,1 kilogramm, Farg‘ona viloyatida esa yarim kilodan oshiqroq opiy bilan qo‘lga olingan. Yana bir necha fuqaro taqiqlangan dori vositalarini olib ketayotganda ushlangan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 mart kuni Yangi Namangan shaharchasining ikkinchi bosqichi loyihasi bilan tanishdi.

Ko`proq yangiliklar
Top