Ahror Ahmadaliyeviç Mansurov Töraqörğon tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Xalq deputatlari Töraqörğon tumani kengaşi sessiyasida ma’lum qilindi.
Ahror Mansurov 1988 yilda Namangan viloyatining Mingbuloq tumanida tuğilgan. Ma’lumoti oliy, 2013 yilda Toşkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2013 yilda Mingbuloq tuman davlat notarial idorasi notarius yordamçisiligidan boşlagan. 2014—2016 yillarda Namangan viloyat adliya boşqarmasida turli vazifalarda, 2016-2019 yillarda Namangan viloyati hokimligining Axborot-tahlil guruhi boş mutaxassisi, guruh rahbari, Özbekiston prezidenti administratsiyasi yetakçi inspektori vazifalarida faoliyat yuritgan.
- U 2021 yil dekabrida viloyat hokimining örinbosari — Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlangandi.
- Eslatib ötamiz, tumanga 2020 yil martidan rahbarlik qilib kelgan Zulayho Mahkamova 2022 yil martida Özbekiston boş vaziri örinbosari – Oila va xotin-qizlar davlat qömitasi raisi etib tayinlangandi.

















