Prezident matbuot xizmati xabarida aytilişiça, Namangan şahri ham iqtisodiyot, ham nufus jihatidan ösib bormoqda. Sönggi beş yilda şahar aholisi 152 ming nafarga köpaygan. Şu davrda 300 dan ziyod köp qavatli uylar qurilib, qariyb 65 ming fuqaro yangi xonadonga ega bölgan.
Yangi Namangan şaharçasi loyihasining birinçi bosqiçida 330 gektar maydonda 8 ming 500 xonadonli 184 ta uy-joy barpo etildi. Şuningdek, 145 gektar maydonda kiçik sanoat zonalari taşkil etilib, 10 ming yangi iş örinlari yaratildi.
Bugungi kunda Namangan şahrida 30 ming fuqaroning uy-joyga ehtiyoji bor. Kelgusi yillarda şahar aholisi yiliga 25 ming nafarga köpayişi kutilmoqda.
“Şu bois, Şavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturida Namangan şahrini “bir millionlik şahar”ga aylantiriş va Yangi Namangan şaharçasini kengaytirişni aytgan edi. Taqdimotda uşbu şaharçaning ikkinçi bosqiçi boş rejasi körib çiqildi”, deyiladi xabarda.

Unga köra, 272 gektar maydonda 20 ming xonadonga ega 171 ta köp qavatli uy qurilişi rejalaştirilgan.
Davlat rahbari uylarning sifati, infratuzilmasi qanday bölişi bilan qiziqdi. Mutasaddilarga hozir köp qavatli uylarda yaşayotgan odamlar va talabgorlar bilan uçraşib, ularning takliflarini oliş, şu asosida loyihani tanqidiy qayta körib çiqib, batafsil rejalaştiriş böyiça topşiriq berdi.
Hududda uylarni va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini töğri joylaştiriş, binolarda milliy hunarmandçilikka xos bezaklardan foydalaniş muhimligi ta’kidlandi. Şaharça hududida iş örinlari taşkil etiş, xizmat körsatişni rivojlantiriş böyiça körsatmalar berildi.
Loyihaga köra, bu yerda Yangi Özbekiston boğini barpo etiş ham rejalaştirilgan. Prezident boğ uçun daraxt köçatlarini hozirdan yetiştiriş, köp qavatli uylar oldida va yöl böylarida ham daraxtlar ekiş zarurligini ta’kidladi.
Namangan viloyatida kiçik sanoat zonalari infratuzilmasini yaxşilaş, içki yöllar va içimlik suvi tarmoqlarini ta’mirlaş masalalariga ham e’tibor qaratildi. Mutasaddilarga hokim yordamçisi, yoşlar yetakçisi va xotin-qizlar faoli işini taşkil etiş, mahallalarda sport maydonçalari, maişiy xizmat majmualari quriş böyiça topşiriqlar berildi.













