Boeing samolyotlarini işlab çiqaruvçi Spirit AeroSystems kompaniyasining sobiq sifat auditori Joşua Din 30 aprel kuni vafot etdi. Avvalroq, u Spirit rahbariyati 737 MAX samolyotini işlab çiqariş jarayonidagi kamçiliklarga e’tibor bermayotganini aytgan edi. The Seattle Times xabariga köra, Din tösatdan tez tarqaladigan infeksiyaga qarşi kuraşib vafot etgan.
Qayd etilişiça, Din Spirit kompaniyasi joylaşgan Kanzas ştatida yaşagan va 45 yoşda edi. Qarindoşlarining ta’kidlaşiça, u özini yaxşi his qilgan va soğlom turmuş tarzini olib borgan. Biroq, ikki haftadan köproq vaqt oldin Din nafas olişda muammoga duç kelib, şifoxonaga yotqizilgan. Unda pnevmoniya, keyin esa jiddiy bakterial infeksiya aniqlangan. Din ikki hafta oğir ahvolda yotganidan keyin vafot etgan.
Avvalroq, Din AQŞ Federal aviatsiya boşqarmasiga 737 MAX samolyotini işlab çiqariş jarayonidagi jiddiy va qöpol qoidabuzarliklar haqida şikoyat qilgan edi. Şundan söng, 2023 yil aprel oyida kompaniya uni işdan böşatdi. Din Mehnat departamentiga şikoyat etib, özining işdan böşatilişi aviatsiya xavfsizligi bilan boğliq xavotirlarni kötargani uçun qasos ekanini da’vo qildi.
2022 yilda Din mexaniklar MAX seriyali samolyotlarning germoşpangoutida teşik oçiş texnologiyasini buzayotganini aniqlagan. Bu haqda u rahbariyatga xabar bergan, lekin ular vaziyatga e’tibor bermagani ta’kidlanmoqda. Keyinroq Din qoidabuzarliklar haqida AQŞ Federal aviatsiya boşqarmasiga xabar berdi.
Jurnalistlarning sözlariga köra, bu Boeing xodimlari orasida samolyot xavfsizligidan xavotir bildirgan ikkinçi şaxsning ölimidir.
Mart oyida Boeing kompaniyasining yana bir xodimi Jon «Mitç» Barnett ölik holda topilgan edi. Ta’kidlanişiça, u Boeing samolyotlari nosozligi böyiça oçilgan iş jarayonida körsatma berayotgan davrda öz joniga qasd qilgan. Politsiya Barnett ölimi özini özi otiş oqibatida yuz berganini aytmoqda, ammo tergov hali tugamagan.
2024 yil mart oyida Boeing boş direktori Deyv Kelxun, kompaniya raisi va boşqa top-menejerlar 737 seriyali samolyotlarning nosozligi bilan boğliq bir qator mojarolardan söng iste’foga çiqişi ma’lum qilindi. Uşbu nosozliklardan söng AQŞ aviatsiya regulyatorlari Boeing kompaniyasida audit ötkazib, kompaniya unda qisman yomon natijalarni körsatgani haqida xabar bergan edi.












