8 Aprel

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, viloyat prokurori Tojiyev, ichki ishlar boshlig‘i Sotvoldiyevga, Tursunov va viloyat prokurori Ahmedovga hayfsan berildi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlik masalalariga bag‘ishlangan videoselektor chog‘ida ma'lum qildi.

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida respublika hududlarida taqdirlash ishlari davom etmoqda. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Navoiy viloyati Xatirchi tumanida aholi ehtiyoji uchun ajratilgan suyultirilgan gazni talon-toroj qilgan mansabdor shaxslar ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

5 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda Zarafshon shahar prokuraturasi tomonidan xalq ta'limi xodimlari uyma-uy yurishga va o‘quvchilarning oilaviy ahvoliga oid dalolatnomalarni to‘ldirishga jalb qilinayotganligi haqidagi xabarlar tarqalgandi. 

7 Aprel

Navoiy viloyatida ukasining jinoiy ishlarini yopib yuborish evaziga IIB xodimiga 2000 dollar pora taklif etgan shaxs ushlandi. Bu haqda Navoiy viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Navoiy viloyati prokurori va viloyat DXX boshqarmasi boshlig‘i hamkorligida viloyatdagi barcha tijorat banklari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda asosiy e'tibor bank tizimida sodir etilayotgan korrupsion jinoyatlar tahliliga qaratildi.  

6 Aprel

Navoiy viloyatida «O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj» korxonasida rahbar lavozimlaridan birida ishlovchi shaxs o‘z xodimlarining jinoyatiga chora ko‘rmaslik uchun IIB xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan.

Energetika vazirligi va “Phanes Group” xalqaro kompaniyasi o‘rtasida Navoiy viloyati Nurota tumani hududida quyosh elektr stansiyasi (QES) qurish to‘g‘risida investitsiya shartnomasi imzolandi.

«O‘zbekkino» Milliy agentligi tashabbusi bilan taniqli kinoijodkorlardan tashkil topgan «Kinokarvon» guruhi Navoiy viloyatiga yetib keldi. 

5 Aprel

Navoiy viloyati Navbahor tumanida yashovchi 20 yoshli qiz Karmana tumani hududidagi ko‘prikdan Zarafshon daryosiga o‘zini tashlab, joniga qasd qildi. Uni qutqarmoqchi bo‘lgan 46 yoshli erkak ham cho‘kib, vafot etdi.

Joriy yilning mart oyida Navoiy viloyatida 9 ta, Karmana tumanida 7 ta va Xatirchi tumanida 2 ta holatda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish va qoidabuzarlik holatlari aniqlandi. Qayta hisob-kitoblarga ko‘ra, tekshiruv tadbirlari davomida 692 ming metr kubdan ortiq tabiiy gaz talon-toroj qilinib, ta'minot korxonasiga 458 million so‘m zarar yetkazilgan.

Bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi Birlashgan Arab Amirliklarining «Masdar» kompaniyasi tomonidan 100 MVt quvvatli quyosh elektrostansiyasining qurilish ishlari bilan tanishdi.

Ko`proq yangiliklar
Top