Mazkur loyihada Navoiy viloyatida 36 600 nafar, Qoraqalpoğiston Respublikasidan 27 574 nafar va Toşkent şahridan 25 572 nafar dasturçilar iştirok etdi.
8 aprel kuni Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 2-maktab direktori Tursunoy Xalilovaga “Bir million dasturçi” loyihasida maktab öquvçilari qayd etgan yuqori natijalari uçun prezident sovğasi — “Spark” avtomobili topşirildi. Şuningdek, maktabning bir qator informatika fani öqituvçilariga ham “Xalq ta'limi a'loçisi” kökrak nişoni, noutbuk hamda faxriy yorliqlar berildi.

Navoiy viloyatidagi “Bir million dasturçi” loyihasi doirasida zamonaviy dasturlaşni örganayotgan öquvçilardan 18 567 nafari sertifikatlarni qölga kiritgan. 2020 yil yakunlari böyiça “Bir million dasturçi” loyihasi doirasida eng faol informatika öqituvçilari Navoiy hissasiga töğri kelgan.
Uşbu loyihada iştirok etiş uçun www.uzbekcoders.uz portali orqali röyxatdan ötib, “Bir million dasturçi” loyihasida dasturlaşni bepul örganiş imkoniyatiga erişiş mumkin.

Eslatib ötamiz, 2019 yilning 21 noyabrida Toşkent şahrida axborot texnologiyalari sohasida bepul ta'lim oliş imkonini beruvçi “Bir million özbek dasturçilari” loyihasi işga tuşirilgan edi.
Şuningdek, 7 aprel kuni “Bir million dasturçi” loyihasi doirasida bitiruvçilar salmoği yuqori körsatkiçlarni körsatgan Qoraqalpoğiston Respublikasi Qönğirot tumanidagi 39-son umumta'lim maktabi direktoriga ham “Spark” berilgan edi.












