08:59 / 07.04.2021
3145

Navoiyda bank xodimlari qat'iy ogohlantirildi

Navoiy viloyati prokurori va viloyat DXX boshqarmasi boshlig‘i hamkorligida viloyatdagi barcha tijorat banklari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda asosiy e'tibor bank tizimida sodir etilayotgan korrupsion jinoyatlar tahliliga qaratildi.  

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, yig‘ilishda ayrim mas'ullar tomonidan bank xizmatlarini ko‘rsatishda, ayniqsa, turli bank operatsiyalarini amalga oshirishda suiiste'molchilik, mablag‘larni talon-toroj qilish holatlari uchrayotgani ta'kidlangan. 

Ma'lum qilinishicha, joriy yilning o‘tgan davrida bank xodimlari bilan bog‘liq 30 dan ortiq korrupsion holatlar qayd qilingan. Shuningdek, muqaddam bankdagi lavozimidan foydalanib, jinoyat sodir etgan shaxslarning tijorat banklari tizimidagi mas'ul lavozimlarga qayta tayinlanishi ular tomonidan takroran jinoyatlar sodir etilishiga zamin yaratgan.  

Yig‘ilishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf qilmagan, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmagan xodimlarning javobgarlik masalasi qat'iy hal etilishi haqida ogohlantirish berilgan.

Top