Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, tadbir davomida “Phanes Group” va “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ örtasida elektr energiyasini sotib oliş töğrisida bitim ham imzolandi.
“Phanes Group” va Özbekiston hukumati örtasida QES (IA) va elektr energiyasini sotib oliş töğrisidagi bitim (PPA) 200 MVt quvvatga ega bölgan quyoş fotoelektr stansiyasini quriş, egalik qiliş va ekspluatatsiya qiliş uçun texnik va tijoriy şartlarni, şuningdek, 60 km uzunlikdagi 220/110 kV nimstansiyani öz içiga oladi.
“Ravnaqbank” quyoş energetikasi sohasida xalqaro işlab çiquvçi hisoblanadigan “Phanes Group” tomonidan Özbekistonda uşbu loyihalar amalga oşirilişini qöllab-quvvatlaydi.

Ma'lumot uçun, “Phanes Group” boş ofisi BAAning Dubay şahrida joylaşgan bölib, u quyoş energiyasi, şuningdek, investitsiya va aktivlarni boşqariş sohasida loyihalar işlab çiqiş va amalga oşiriş bilan şuğullanuvçi xalqaro kompaniya hisoblanadi. “Phanes Group” 2012 yilda taşkil etilgan. Kompaniya moliyaviy va muhandislik tajribasini birlaştiradigan keng qamrovli yondaşuvni amalga oşiradi. Buning natijasida, kompaniya quyoş energiyasi sohasida töliq tayyor yeçimlarni taklif qiladi.
“Phanes Group” quyoş energiyasi sohasida sarmoyalar portfeliga ega va uning geografiyasi köplab mamlakatlarni qamrab oladi. Kompaniya rivojlanayotgan bozorlarga, ayniqsa Afrika, Yaqin Şarq, Markaziy Osiyo va Mustaqil davlatlar hamdöstligi (MDH) mamlakatlariga alohida e'tibor qaratmoqda.
Bugungi kunga qadar kompaniyaning ekologik toza energiya böyiça hissasi 130 MVt.dan oşadi. Bundan taşqari, yana 3,5 GVt rivojlaniş yoki rejalaştiriş bosqiçida, şu jumladan Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlarida 922 MVt loyihalar portfelida.








