Yiğilişda Qaşqadaryo va Navoiy viloyatlarida kiçik biznes işlab çiqargan sanoat mahsulotlari hajmi respublika körsatkiçidan ikki barobar kamligi tanqid qilingan.
Davlat tomonidan berilgan har 1 milliard söm moliyaviy kömak hisobiga Navoiyda bor-yöği 15ta iş örni yaratilgani ma'lum böldi.
«Misol uçun, salohiyati yuqori bölgan Qaşqadaryo viloyatida kiçik biznes işlab çiqargan sanoat mahsulotlari hajmi aholi jon boşiga atigi 1,9 million sömga töğri kelib, bu – respublika körsatkiçidan 2 baravar past (3,5 million söm).
Qaşqadaryoda aholi jon boşiga yillik xizmat körsatiş hajmi 3 million sömdan oşmagan yoki boşqalardan 2 baravar kam.
Uşbu viloyatda har ming nafar aholiga töğri keladigan kiçik biznes sub'yektlari soni atigi 4ta, ularda işlovçilar soni 16 nafardan iborat (respublikada har ming aholiga 6ta tadbirkorlik sub'yekti va ularda işlovçilar soni 30 nafarni taşkil qiladi).
Sönggi yillarda 6 nafar tadbirkor olib kelgan 10 mln dollarlik uskunalar işlatilmagan.
Yoki, Navoiy viloyatidagi 7 mingdan ortiq tadbirkorlar (24 foiz) muammolar yeçilmayotgani, ular faoliyatiga tösqinliklar bölayotgani haqida murojaat qilgan. Bu – hududlar içida eng salbiy körsatkiç.
Navoiydagi jami 10ta kiçik sanoat zonasining 72 gektar yoki 66 foiz yeriga birorta loyiha joylaştirilmagan.
Şuningdek, Navoiyda har bir kiçik biznes sub'yekti tomonidan yiliga 1 milliard sömlik mahsulot işlab çiqarilib, soliq tuşumi 30 million sömni taşkil etgan (Andijon, Jizzax, Samarqandda yiliga 2 milliard sömlik mahsulot, 50 million söm soliq tuşumi)», deya davlat rahbarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

















