11 Oktabr

Navoiy viloyatida Qizil kitobga kiritilgan 1 070 ta yo‘rg‘a tuvaloq ochiq tabiatga qo‘yib yuborilgan. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida qurilish va xo‘jalik mollari do‘konidan 40 mln so‘m pulni o‘marib ketgan fuqaro ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan «Samarqand» YPX maskanida Buxorodan Toshkentga olib ketilayotgan sifatsiz go‘shtlar to‘xtatib qolingan

8 Oktabr

“Navoiyazot” AJ tomonidan Zarafshon daryosiga hayot uchun xavfli bo‘lgan moddalar oqizilgan. Buning oqibatida daryo suvi zaharlanib, ko‘plab baliqlar nobud bo‘lgan.

5 Oktabr

Bugun kunduz kuni Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida, Toshkent viloyatida kechga tomon ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimolda va cho‘l hududlarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 17-22 daraja iliq bo‘ladi; shimolda 9-14 daraja iliqqacha pasayadi. 

1 Oktabr

Jismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalar ham boshqalar qatori ta'lim olishga va mavjud imkoniyatlardan foydalanishga haqli.

29 Sentabr

Navoiy shahrida katta mojaroga sabab bo‘lgan 60 kvartirali turar joy haqida bir necha bor reportaj tayyorlagandik. Ushbu mojaro sabab o‘z mablag‘iga 60 ta xonadon sotib olgan aholi uyidan ham, to‘lagan mablag‘idan ham ajralib qolishiga bir baxya qolgandi o‘shanda. Endi esa Karmana tumanida hokimlikning qarori tufayli uylari buzilgan 16 ta oila qariyb 3 yildan buyon ijarada yashashga majbur bo‘lmoqda.

Navoiyda «Go‘zal» taxallusi bilan nom qozongan, qizlarni fohishalik uchun Turkiyaga jo‘natmoqchi bo‘lgan fuqaro 5 yil 4 oy muddatga qamaldi. Bu haqda Kun.uz'ga Navoiy viloyati sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘yicha konsultanti Aziza Ro‘ziyeva xabar berdi. 

25 Sentabr

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan prezidentligiga nomzod Narzullo Oblomurodovning Navoiy viloyatidagi ishonchli vakili Ulug‘bek Razzoqov ishtirokida jurnalist va blogerlar uchun brifing o‘tkazildi. Unda ishonchli vakil nomzodning saylovoldi dasturidagi muhim yo‘nalishlarni ma'lum qildi.

XDPdan prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisovaning Navoiy viloyatidagi ishonchli vakili Maqsud Nurullayev ishtirokida jurnalist va blogerlar uchun brifing tashkil qilindi. Unda ishonchli vakil nomzodning saylovoldi dasturi haqida to‘xtalib o‘tdi.

24 Sentabr

Navoiy viloyatida uchastka saylov komissiyasi a'zolari uyma-uy kirib-chiqishi amalga oshirilyapti. Natijalar bo‘yicha saylovchilar ro‘yxatiga kundalik tuzatishlar kiritilmoqda. Dastlabki aniqliklar bo‘yicha viloyatda 665 743 nafar saylovchi ro‘yxati shakllantirilgan. Bu haqda 5-Navoiy okrug saylov komissiyasining navbatdagi matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

21 Sentabr

21 sentabr kuni Navoiyda prezidentlikka O‘zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning viloyatdagi ishonchli vakili Quvondiq Sanaqulov hamda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirovning ishonchli vakili Ilhom Rajabov ishtirokida brifinglar bo‘lib o‘tdi.

Ko`proq yangiliklar
Top