Ta'kidlanişiça, nomzodning saylovoldi dasturidagi asosiy yönalişlar qöyidagilardan iborat:
- mamlakatda ijtimoiy tengsizlikning barça körinişlariga barham beriş, pensiya hisoblaş tartibini takomillaştiriş, ayollarning bola parvarişidagi davrini iş stajiga qöşib hisoblaş;
- nogironligi bölgan şaxslarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qiliş, III guruh nogironligi bölgan şaxslarga nafaqa tayinlaş;
- “Mehnat muhojirlari huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi qonunni qabul qiliş;
- oğir ijtimoiy ahvoldagi oilalarni ijtimoiy turar joylar bilan ta'minlaş, aholining daromadiga qarab tabaqalaştirilgan soliq tizimini joriy etiş, asosiy oziq-ovqatlar narxlarini şakllantiriş ustidan davlat va jamoatçilik nazoratini qat'iy örnatiş, qişloq tumanlariga sanoatni olib kiriş.
Prezidentlikka nomzodning işonçli vakili bilan uçraşuvlar viloyatning şahar va tumanlarida davom etmoqda.
Oldinroq Navoiyda ÖzLiDeP va “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzodlarning işonçli vakillari brifing ötkazgandi.
















