Navoiy viloyatida Qizil kitobga kiritilgan 1 070 ta yörğa tuvaloq oçiq tabiatga qöyib yuborilgan. Bu haqda viloyat Ekologiya boşqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, joriy yilning sentabr oyida Amirliklarning yörğa tuvaloqni asraş markazida yetiştirilgan 1 070 ta yörğa tuvaloq viloyatning Tomdi, Uçquduq va Konimex tumanlari çöl hududlarida yovvoyi tabiatga uçirilgan.
Amirliklarning yörğa tuvaloqni asraş markazi Navoiy şahridan qariyb 50 kilometr uzoqlikda joylaşgan bölib, markaz BAA vitse-prezidenti, Dubay amiri Şayx Muhammad ibn Roşid Al-Maktum taşabbusi bilan 2008 yilda taşkil etilgan.

Oldinroq Dubay şahzodasi Şayx Hamdan bin Muhammad Ol Maktum loçinlar bilan tuvaloq ovlaş uçun Navoiyga kelgani xabar qilingandi.










