26 Aprel

Samarqand shahar xokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi xarid komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tanlov savdosida qonunlarga zid ravishda yaqin qarindoshlar qatnashgan. Ular o‘zaro kelishib, 1 million so‘mlik farq bilan narx ko‘rsatib, biri savdoda g‘olib topilgan.

Samarqandda fuqarolarni AQShga yuboruvchi jinoiy guruh a’zolari ushlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

25 Aprel

Nurobod tuman tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam bo‘limi mudiri ishga kiritib qo‘yishini aytib fuqarodan 500 dollar olayotganda ushlangan.

24 Aprel

Samarqand viloyatida joylashgan “Yuqori nuqta” muntazam YPX maskanida “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonni asosli hujjatlarsiz olib ketayotgan fuqaro aniqlangan.

23 Aprel

Samarqand - Toshkent - Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar berdi.

21 Aprel

Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotga ko‘ra, 20 aprel kuni Samarqand va Jizzax viloyatlarida bir soat-u o‘ttiz daqiqada yog‘ib o‘tgan yomg‘ir bir oylik yog‘ingarchilik miqdorini tashkil etgan.

20 Aprel

Kuchli yog‘ingarchilik Samarqand va Jizzax viloyatlarining ko‘plab hududlarida sel va suv toshqinlariga olib keldi. Forish tumanida to‘rt kishi halok bo‘lgan. G‘allaorolda bir yillik yog‘in miqdorining qariyb 10 foizi 2 soat ichida yog‘gani aytilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand va Jizzax viloyatining bir qator tumanlarida sel kelgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Qishloqlardan birida sel “Jiguli” mashinasini oqizib ketdi.

19 Aprel

Uchta holatda jami 1 tonnadan oshiq iste’molga yaroqsiz go‘shtlar Toshkentga olib ketilayotgani aniqlangan.

Spark mashinasi haydovchisi tez harakatlanib kelib piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan 9 yoshli qizni urib yuborgan.

18 Aprel

Viloyat hokimining maxsus qarorida Samarqand shahar hokimiga xatoga yo‘l qo‘ygan ikki nafar o‘rinbosari va shahar hokimligining bosh yuriskonsultiga hayfsan jazosi qo‘llash vazifasi yuklatilgan.

Maktab direktori yanvar oyida hududdagi teraklarni kesib olish haqida tuman ekologiya bo‘limiga murojaat qilgan. Murojaat rad etilgach, u daraxtlarni noqonuniy tarzda kestirgan.

Ko`proq yangiliklar
Top