Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 11 aprel kuni M-37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboşi avtomobil yölining Narpay tumani hududidan ötgan qismida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

46 yoşli haydovçi boşqaruvida bölgan Spark maşinasi tez harakatlanib kelib piyodalar yölakçasidan ötayotgan 9 yoşli maktab öquvçisi bölgan qizni urib yuborgan. Oqibatda qizça oğir tan jarohatlari olib şifoxonada vafot etgan.

Qayd etilişiça, inson hayotiga zomin bölgan qoidabuzar haydovçiga nisbatan qonuniy çoralar körilmoqda.

Avvalroq Surxondaryo viloyati Qumqörğon tumanida piyodalar yölakçasida yuk maşinasi urib yuborgan maktab öquvçisi vafot etgandi.