Keça, 2022 yil 20 aprel kuni Samarqand, Jizzax, Navoiy va Qaşqadaryo viloyatlarida kuçli yomğir yoğib sel kelişi kuzatildi. Oqibatda, köplab köçalarni, qişloqlarni sel bosdi va aholi xonadonlari, ijtimoiy obektlarga suv kirib ketdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati sel oqibatlari haqida ma’lumot berdi.

Yomğir va sel oqibatlarini bartaraf etişda yordam sörab, Samarqand viloyatidan 222 ta, Jizzax viloyatidan 14 ta, Navoiy viloyatidan 10 ta, Qaşqadaryo viloyatidan 1 ta — jami 280 dan ortiq murojaat kelib tuşgan. Murojaatlar böyiça sel oqimlari, suv toşqinlari oqibatlarini bartaraf etiş uçun yonğin-qutqaruv bölinmalaridan 92 ta maxsus texnika, 20 ta motopompa hamda 758 nafar qutqaruvçi jalb etilgan.

Yomğir va oqova suvlari Samarqand viloyati böyiça:

  • Samarqand şahrining 5 ta şohköçasidan ötuvçi avtomobillar qatnov qismida;
  • 54 ta içki köçalar atrofidagi irrigatsiya tarmoqlarida;
  • 20 dan ortiq köp qavatli uylarning yertölalari va atrofida;
  • 84 ta yakka tartibdagi turar joy binolari yertölalari va hovlilarida;
  • 5 ta umumta’lim (9, 29, 39, 75-son umumta’lim, 1 ta ixtisoslaşgan) maktab;
  • M.Uluğbek köçasidagi “Közmunçoq” nomli MTM hovlilari hamda Narpay köçasidagi “Muz saroyi” binosi ostidagi avtoturargohda töplangan.

Bundan taşqari, yomğir suvlari Samarqand tumanining 4 ta MFYlarida, M-39 Almati-Toşkent-Termiz xalqaro avtomobil yölining Bulunğur tumani Ğubdin qişloği hududidan ötgan 1046-kilometrida (d=1500 suv ötkaziş quvuriga siğmasdan) yöl qatnov qismining bir tomonida yiğilib qolgan.

Yuzaga kelgan holat oqibatlarini bartaraf etiş maqsadida, yonğin-qutqaruv bölinmalaridan 144 şaxsiy tarkib, 17 ta yonğin-qutqaruv texnikasi, 11 ta motopompa hamda “Samarqand suv ta’minot” MÇJdan 6 ta maxsus texnika, 14 nafar işçi-xodim jalb qilingan.

Jizzax viloyati böyiça:

Foriş tumanining toğli hududlari va adirliklarida sodir bölgan sel oqimi “Egizbuloq” MFYda joylaşgan 260 ta xöjalikdan ötib, ularning 53 tasi töliq, 44 tasi örta va 163 tasi yengil darajada talafot körgan.

Qutqaruvçilar tomonidan 6 nafar fuqaro sel oqimlari içidan qutqarilib, Foriş tumani tibbiyot birlaşmasiga yotqizilgan. 4 kişi selda oqib halok bölgan. Uşbu hududda şunday sel oqimlari bundan taxminan 80 yillar avval kuzatilgan.