Sirdaryo viloyati IIV axborot xizmatining xabar berişiça, viloyat hududidagi “Sirdaryo” YPX maskanida viloyat IIB JXX JTSB hamda viloyat Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş boşqarmasi xodimlari tomonidan bir neçta holatda Toşkentga olib ketilayotgan iste’molga yaroqsiz göşt mahsulotlari töxtatib qolingan.
Jumladan, Samarqand–Toşkent yönalişida harakatlanayotgan Epika xolislar iştirokida töxtatilib tekşirilganda, Samarqand şahrida yaşovçi, 1991 yilda tuğilgan fuqaro I.I. boşqaruvidagi maşina salonida heç qanday hujjatlarsiz, kelib çiqişi noma’lum bölgan 225 kilogramm hayvon göşti borligi aniqlangan.

Şuningdek, Qaşqadaryo–Toşkent yönalişida harakatlanayotgan Nexia-1 xolislar iştirokida töxtatilib tekşirilganda, Çiroqçi tumani Torjilğa qişloğida yaşovçi, 1991 yilda tuğilgan fuqaro E.E. boşqaruvidagi maşina yukxonasida heç qanday hujjatlarsiz, kelib çiqişi noma’lum bölgan 454 kilogramm hayvon göşti borligi aniqlangan.
Bundan taşqari, Qaşqadaryo–Toşkent yönalişida harakatlanib ötayotgan Lacetti xolislar iştirokida töxtatilib tekşirilganda, Koson tumani Paxtazor mahallasida yaşovçi, 1994 yilda tuğilgan fuqaro R.B. boşqaruvidagi maşina yukxonasida heç qanday hujjatlarsiz, kelib çiqişi noma’lum bölgan 713 kilogramm hayvon göşti borligi aniqlangan.
Har uçala maşinadagi göşt mahsulotlari viloyat hayvonlar kasalliklari taşxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazida laboratoriya tekşiruvlaridan ötkazilganda, iste’molga yaroqsiz ekanligi ma’lum bölgan.
Şundan söng ular vaqtinça saqlaş uçun Guliston şahridagi muzxonaga joylaştirilgan. Fuqarolar boşqaruvidagi maşinalar esa tegişli tartibda qonuniy çora köriş uçun Sirdaryo viloyati IIB JXX YXHB jarima maydoniga qöyilgan.
Qayd etilişiça, hozirda aniqlangan holatlar yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB JQB hamda Boş prokuratura huzuridagi departamentning Sirdaryo viloyati boşqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.

















