19 aprelda boşlangan kuçli yoğingarçilik ortidan 20 aprel kuni Samarqand va Jizzax viloyatlarining qator tumanlarida sellar va suv toşqinlari kuzatildi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga köra, sel hodisasi Jizzax viloyatining Baxmal, Foriş, Ğallaorol va Ş.Raşidov tumanlarida kuzatilgan.

Natijada ayrim aholi yaşaş joylari, ijtimoiy soha obektlari, ekin maydonlari sel oqimlaridan zararlangan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, Foriş tumanida 4 nafar fuqaro (1 nafar erkak, 3 nafar ayol) sel oqizib ketişi natijasida xalok bölgan.

Uşbu tumanda bir neçta qişloqni sel bosgan, xonadonlar suv ostida qolgan, avtomobillarni suv oqizgan holatlar haqida xabarlar bor.

Gidrometeorolog Erkin Abdulahatovning ma’lum qilişiça, Jizzax viloyatining “Ğallaorol” meteorologik stansiyasida 2 soat 5 daqiqa oraliğida 31,5 mm yoğin yoğgan – bu bir yillik yoğin me’yorining qariyb 10 foiziga teng.

Samarqandda esa Iştixon, Bulunğur va Urgut tumanlarida sel kuzatilgan. M-39 xalqaro avtomobil yölining ayrim qismlari suv ostida qolgan. Kuçli yoğingarçilik sabab Samarqand şahrida ham köçalarga suv toşgan.

Qutqaruvçilar favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etiş çoralarini körmoqda.