11 Noyabr

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida soxta hujjatlar orqali 500 mln so‘m kreditni qo‘lga kiritgan firibgarlar fosh etildi.

10 Noyabr

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan «Quvonch» nomli xorijiy tillarga ixtisoslashgan tayanch maktabgacha ta'lim tashkiloti 1985 yilda qurib topshirilgan. Bu yerda 20ta guruh mavjud bo‘lib, 550 nafar bola ta'lim-tarbiya olmoqda. Bu haqda MTT direktori Dilorom Xolmatova Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) Saudiyaning ACWA Power energetika kompaniyasiga Sirdaryo viloyatida issiqlik elektr stansiyasi (IES) qurilishi uchun 100 million dollar miqdorida kredit ajratishni ma'qulladi.

9 Noyabr

Ra'no Xoliqulova turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda 25 yildan buyon Guliston shahar obodonlashtirish boshqarmasida ishlab keladi. Ular chorak asrki, xalqqa beminnat xizmat qilib, shahar ko‘chalarini tozalaydi, gul va ko‘chatlar o‘tqazadi.

8 Noyabr

Sirdaryo viloyatida 2021 yil kuz va 2022 yil bahor mavsumida jami 14 mln 96 ming dona manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan.

Guliston shahrida monolit uslubidagi uylar qurilishi yo‘lga qo‘yildi. Bunday uslubdagi uylar zilzilaga bardoshli hisoblanadi. Bu haqda «Abdulaziz Yevro stroy» MChJ rahbari Shuhrat Ergashev Kun.uz’ga ma'lum qildi.

6 Noyabr

Guliston shahridan kesib o‘tuvchi «Do‘stlik» kanali qirg‘og‘ida «Tadbirkorlar va hunarmandlar» xiyoboni tashkil qilingan. Bu yerda viloyat tadbirkorlari va hunarmandlarining ijod namunalarini namoyish etish uchun ekspomarkaz ham tashkil etilgan. Bu haqda Guliston shahar qurilish bo‘limi boshlig‘i Javlon Raimberdiyev Kun.uz’ga ma'lum qildi.

5 Noyabr

2020-2021 yillar davomida Guliston shahrining «Yangi hayot» massivida 478 ta xonadondan iborat 12ta ko‘p qavatli uylar qurilmoqda. Bugungi kunga qadar 210ta xonadondan iborat 5 ko‘p qavatli uylar foydalanishga topshirildi. Bu haqda Guliston shahar hokimining o‘rinbosari Laziz Ahmedov Kun.uz’ga ma'lum qildi.

4 Noyabr

2021 yil 1 noyabr kuni Sirdaryo viloyati bojxona va DXX boshqarmasi, Milliy Gvardiya Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida pirotexnika mahsulotlarining noqonuniy aylanuvi oldini olish borasida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Bugungi kunda Guliston shahrida aholi soni 91,7 ming kishini tashkil etib, mehnat resurslari soni 58,6 ming kishini va iqtisodiy faol aholi soni 49,3 ming kishi tashkil etadi.

3 Noyabr

2021 yil kuzgi mavsumga qadar Guliston shahar hududiga 5000 donadan ortiq manzarali daraxt va buta ko‘chatlari ekildi.

Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida istiqomat qiluvchi hunarmand Iroda Tojiqulova milliy taqinchoqlar yasash bilan shug‘ullanadi. U o‘zi yashab turgan Shodlik mahallasida maktab o‘quvchilariga hunarmandchilikni o‘rgatish uchun to‘garak ham tashkil qilgan.

Ko`proq yangiliklar
Top