Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda soxta hujjatlar orqali 500 mln so‘m kreditni qo‘lga kiritgan firibgarlar fosh etildi
Sirdaryo viloyati Guliston shahrida soxta hujjatlar orqali 500 mln so‘m kreditni qo‘lga kiritgan firibgarlar fosh etildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma'lum qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Guliston shahar bo‘limi tomonidan hududiy tijorat banki filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar D.X., D.M. va boshqalar o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida oldindan til biriktirib, «T.» MChJ rahbari B.ni aldab, MChJ nomiga kredit olish uchun «MAN» rusumli yuk avtotransport vositasini fuqaro X.ning nomiga soxta ma'lumotlar kiritish yo‘li bilan garovga qo‘yib, bank muassasasidan 500 mln so‘m kredit ajratishga erishib, ushbu kredit mablag‘larini shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Sirdaryoda emlanganlik to‘g‘risida soxta hujjat tayyorlab berish evaziga pora olgan shifokor ushlanganligi xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
13:52 / 01.05.2026
Sirdaryoda norasmiy nikohdagi ayol erining qonuniy xotinini va uning qizini pichoqlab o‘ldirdi
09:18 / 29.04.2026
Sirdaryoda soliqchi pora sifatida tilla taqinchoq olganda ushlandi
14:49 / 02.04.2026
Gulistonda ko‘p qavatli uy qulash xavfi sabab unda yashovchilar evakuatsiya qilindi
18:05 / 30.03.2026