Hozirda maktabgaça ta'lim taşkilotida 11ta tögarak taşkil qilingan. Bolalar uçun gimnastika, badiiy gimnastika, karate, taekvondo, raqs, bolalarning xotirasini yaxşilab boriş uçun mental arifmetika tögaraklari bor. Ularning salomatligini doimiy nazorat qiliş va yaxşilaş maqsadida fitobarlar, fizioterapevt xonasi mavjud. Şifokorlar tomonidan massaj qilib boriladi. Şuningdek, logoped, psixologlarimiz ham bolalarni maktabga tayyorlab borişadi.

Ingliz va rus tilini çuqurlaştirib örgatiş uçun guruhlar taşkil qilingan bölib, hozirda ota-onalar tomonidan eng köp qiziqiş bildirilmoqda. Bolalar bilan taşkil qilinayotgan darslar va turli tögarak maşğulotlari telegram tarmoği orqali doimiy ravişda yoritib boriladi. Ota-onalar öz farzandlarini doimiy ravişda kuzatib boriş imkoniga ega.