Xiyobonning umumiy maydoni 70 sotix bo‘lib, shundan 37 sotix hududida qurilish ishlari amalga oshirilgan. Buning uchun 34 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan.

Xiyobonda aholi uchun salomatlik yo‘lagi, kitob javonlari, favvoralar tashkil qilingan. Hozirda qurilish ishlari yakuniy pallaga kirgan. 2021 yilning 1 dekabr kuni foydalanishga topshiriladi. Bu yerda viloyat aholisi istalgan vaqtda foydalanishlari mumkin bo‘ladi.