10 Aprel

10 aprel kuni Termizdagi «Alpomish» stadionida kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Al Hakim at-Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan XV xalqaro turnirning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Kun.uz ijodiy jamoasi vakillari Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida joylashgan va ko‘pchilikka mashhur Sangardak sharsharasi haqida reportaj tayyorlash uchun vohaga safar qildi.

Termiz shahrida 16 yoshli qizning nomusiga tegilgan, ammo oradan 14 oy o‘tgan bo‘lsa-da, shahar IIB holat yuzasidan jinoyat ishi ochgani yo‘q.

“Effect.uz” axborot agentligining 2 nafar muxbiriga ilgari qo‘llanilgan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan “munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat” tarzidagi ehtiyot chorasiga o‘zgartirildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayotbek Shamsutdinov.

9 Aprel

Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan viloyatdagi yana bir masjid ro‘yxatdan o‘tkazilib, guvohnoma berilgan. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda.

Surxondaryo viloyatida fuqarolardan biriga turmush o‘rtog‘i bilan ajrashish masalasini tezlashtirib bermoqchi bo‘lgan firibgar ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma'lum qilmoqda.

Surxondaryo viloyati perinatal markazining bir guruh mutasaddilari 2 yildan oshiqroq vaqt mobaynida boshqalar nomiga bank plastik kartalarini ochib, yirik miqdorda budjet pullarini talon-toroj qilgan. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.

8 Aprel

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida o‘zini «vazirlikda ishlashini» aytib tadbirkorga tuman markazidan yer olib berish evaziga pul olgan shaxs ushlangan. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.

7 Aprel

Denov tuman hokimining qarori Senatda ko‘rib chiqilib, so‘ng xalq deputatlari Surxondaryo viloyat kengashi tomonidan bekor qilingan. Bu haqda Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbayev xabar bermoqda.

6 Aprel

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida ikki bosh qoramolni o‘g‘irlagan maktab o‘quvchilari qo‘lga olindi. Ularga Tojikistondagi institutlardan birida o‘quvchi talaba yigit sherik bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Surxondaryoda Temuriylar davrida ishlangan qadimiy kitob va qimmatbaho toshlarni pullashga uringan shaxs ushlandi. Ma'lum bo‘lishicha, undan musodara qilingan kitob va qimmatbaho toshlar qiymati 3,4 mlrd so‘mga teng.

Ko`proq yangiliklar
Top