Surxondaryo viloyatida fuqarolardan biriga turmuş örtoği bilan ajraşiş masalasini tezlaştirib bermoqçi bölgan firibgar uşlangan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti ma'lum qilmoqda.

Ma'lum bölişiça, Boş prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Surxondaryo viloyati boşqarmalari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, özini «M.» advokatlik byurosi advokati deb taniştirgan Ş.J. fuqaro B.dan firibgarlik yöli bilan 10 million söm olayotganda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Qayd etilişiça, Ş.J. fuqaro B.ning işonçiga kirib, uning turmuş örtoği bilan ajraşiş masalasini sud tizimida işlovçi tanişlari orqali tez kunda hal qilib berişni va'da qilib, uni çuv tuşirmoqçi bölgan.

Ta'kidlanişiça, mazkur holat yuzasidan Ş.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.