Surxondaryo viloyati perinatal markazining bir guruh mutasaddilari 2 yildan oşiqroq vaqt mobaynida boşqalar nomiga bank plastik kartalarini oçib, yirik miqdorda budjet pullarini talon-toroj qilgan. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boşqarmasi tomonidan viloyat perinatal markazining boş hisobçisi T.A. va boşqalar 2019-2020 yil va 2021 yilning 3 oyi davomida markazda işlamaydigan 15 nafar şaxsning nomiga yaşirinça bank plastik kartalarini oçgani aniqlangan. Ular, uşbu davrda 741,4 million sömni 15 nafar işlamaydigan şaxsga iş haqi sifatida körsatib, plastik kartalarga tuşirgan.

Söng, plastik kartalarga tuşgan pullarni şaxsiy manfaatlariga işlatib yuborib, juda köp miqdorda budjet mablağlarini özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qilgan.

Şuningdek, markazning boş hisobçisi jinoiy yöl bilan topilgan 741,4 million sömning kelib çiqiş manbaini yaşiriş maqsadida, uşbu pullarning 72 million sömini özining nomiga «LADA XRAY» rusumli avtomaşinaga boşlanğiç tölov sifatida ötkazib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirgan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan viloyat perinatal markazining boş hisobçisi T.A. va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi va 243-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.