22 Iyun

Surxondaryo viloyati hokimi To‘palang suv omboridan turib aholiga videomurojaat bilan chiqdi.

Avariya oqibatida To‘palang suv ombori to‘g‘oniga ziyon yetmagan. Avariya yuz bergan bosimli quvurda suv oqishi to‘xtatilgan.

«O‘zbekgidroenergo» To‘palang suv ombori to‘g‘oni bilan bog‘liq muammo mavjud emasligini ma’lum qildi.

To‘palang suv omboridan chiqayotgan suv keskin ko‘tarildi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Sariosiyo tumanida joylashgan suv ombori bo‘yicha birlamchi ma’lumot taqdim etdi.

21 Iyun

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida bug‘doy o‘rib olingandan so‘ng uning maydoni yoqib yuborilgani haqida xabarlar tarqalgan. Holat yuzasidan viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi ma’lumot berdi.

Surxondaryo viloyati xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tumani kengashi navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

18 Iyun

Mushtumzo‘r er xotinidan uzr so‘raganini aytib, boshqa bunday qilmaslikka so‘z berdi. Kelinning onasiga ko‘ra, quda tomon ham kechirim so‘ragan. Ona qizi bilan qo‘ng‘iroqlashib turgani, u yaxshi yashayotganini aytdi.

15 Iyun

Ijtimoiy tarmoqlarda kelin-kuyov to‘y marosimida qandaydir o‘yin o‘tkazilgani, unda yutqazib qo‘ygan kuyov mag‘lubiyatga chiday olmay kelinning boshiga urgani aks etgan video tarqalgandi. Internet yulduziga aylangan kuyov topildi: u endi sud oldida javob beradi.

14 Iyun

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, bugun, 14 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:35 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. 

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

11 Iyun

Sho‘rchi tuman IIB va MIB xodimlari sud qarori asosida majburiy ijro harakatlari belgilangan joyga borishganida, javobgarlar ijro harakatlari bajarilishiga to‘sqinlik qilgan.

9 Iyun

Sariosiyo tumani Shoqishloq mahallasida “Inson qadri uchun” tamoyili asosida Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov sayyor qabul o‘tkazdi.

Ko`proq yangiliklar
Top