Energetika vazirligi Töpalang GESda röy bergan holat yuzasidan ma’lumot berdi.

«Bugungi kunda Töpalang GESda modernizatsiya qiliş va GES quvvatini 30 MVt.dan 175 MVt.ga oşiriş loyihasi amalga oşirilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga köra, modernizatsiya jarayonida bosimli suv quvuriga örnatilgan vaqtinçalik tiqinning şikastlanişi natijasida soniyasiga 40 kub metr suv sizib çiqqan.

Ta’kidlaş kerakki, daryoning suv ötkaziş qobiliyati soniyasiga 600 kub metrni taşkil etadi. Suv sizib çiqiş vaqtida suv sarfi soniyasiga 160 kubometrgaça kötarilgan.

Hozirda bosimli quvurdan suv sizib çiqiş töxtatilgan. Şuni ma’lum qilamizki, bu holat töğon holatiga heç qanday ta’sir qilmagan va Töpalang suv ombori töğoniga şikast yetmagan», deyiladi vazirlik xabarida. 

Ayni paytda «Özbekgidroenergo» AJ boşqaruvi raisi Abduğani Sanginov hodisa sabablarini örganiş va bunday holatlarning oldini oliş çoralarini köriş maqsadida voqea joyiga yetib borgan.

Fuqarolardan har qanday bahsli masalada faqat rasmiy ma’lumotlardan foydalaniş söralgan. Hodisa joyidan qöşimça ma’lumot berib boriladi.

  • 22 iyun kuni tongida ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida joylaşgan Töpalang suv ombori töğoni yorilib ketgani va natijada atrofni suv bosgani haqidagi xabarlar tarqalgandi. Keyinroq «Özbekgidroenergo» AJ axborot xizmati Töpalang suv omborida qurilgan töğon yorilib ketgani haqidagi xabarlarni rad etdi va aholini vahimaga tuşmaslikka çaqirdi.