Töy bazmida ötkazilgan öyinda yutqazib qöygaç, mağlubiyatga çiday olmay kelinning boşiga urgan muştumzör kuyov umr yöldoşidan uzr söragani aytilmoqda.

“Özimni tutib turolmay qölim ketib qoldi. Tuşunmovçilik hal bölgandan keyin töy davom etdi. Kelindan uzr söradim. Boşqa bunday bölmaydi”, deya zöravon kuyovning sözlarini keltirmoqda “Mening yurtim” telekanali.

Telesyujyetda yigit va qiz bir yil davomida ahd-u paymon qilib yurgani haqida söz boradi.

Internetda tarqalgan videoda kaltak yegan kelinning oldiga bir ayol yaqinlaşgani va ayollar sahnani tark etgani köringandi. Bu ayol kelinning onasi bölişi mumkinligi haqidagi taxmin öz tasdiğini topdi. Ona “Mening yurtim” telekanaliga bergan intervyusida kuyovning qarindoşlari uzr söragaç, töy davom etganini, qizi bilan qönğiroqlaşib turgani, yaxşi yaşaşayotganini aytgan.

Oila va xotin-qizlar qömitasi Surxondaryo viloyati boşqarmasi ham öşa kuni töy oxirigaça davom etgani va boşqa köngilsizlik sodir bölmaganini ma’lum qilgandi. Qayd etilişiça, töydan keyin heç kim huquqni muhofaza qiluvçi organlarga röy bergan holat böyiça murojaat qilmagan.

Adliya vazirligi axborot xizmati Kun.uz'ga bergan ma’lumotga köra, mazkur kuyov-kelin şu yil 10 may kuni nikohga kiriş uçun ariza bergan, biroq voqea şov-şuv bölgan kezda FHDYo bölimida hali ularning nikohi qayd etilmagan. Ma’lum bölişiça, tomonlarning nikohi 15 iyun kuni rasmiylaştirilgan va ularga nikoh tuzilgani haqida guvohnoma topşirilgan.

Boş prokuratura röy bergan holat yuzasidan Uzun tumani IIB tomonidan kuyovga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ma’muriy iş qözğatilib, töplangan hujjatlar körib çiqiş uçun sudga yuborilganini ma’lum qilgandi. “Mening yurtim” telekanalining xabar berişiça, iş sud tomonidan körib çiqilgan va kelinning arizasi asosida kuyovga ma’muriy jazo qöllanilmagan.

Avvalroq Gender tenglikni ta’minlaş komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva voqeaga munosabat bildirib, “agar bu hodisa sizni va atrofingizdagilarni ğazablantirgan, hayratga solgan bölsa, demak atrofingizda soğlom jamoa bor. Mabodo “ayol erkakka yon bosişi şart”, “özi aybdor, tili uzun bölsa kerak” kabi gaplarni eşitayotgan bölsangiz, mana bu haqiqiy falokatdir”,