Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida joylaşgan Töpalang suv ombori töğoni suv qöyib yuborgani va atrofni suv bosgani töğrisidagi turli ma’lumotlar tarqaldi.

«Özbekgidroenergo» xabariga köra, hozirda Töpalang suv ombori qoşida barpo etilgan Töpalang GESda 2-komponent modernizatsiya loyihasi amalga oşirilayotgani munosabati bilan bosimli quvurda sinov işlari ötkazilgan vaqtda bosim quvuri tösini orqali 40 kubometr suv çiqqan.

Qayd etilişiça, töğon bilan boğliq muammo mavjud emas. Xavotirga örin yöq.

Ayni paytda uşbu nosozlik töliq bartaraf etildi. 40 kubometr suv töliqligiça kanalga yönaltirildi.

«Yurtdoşlarimizdan turli mazmundagi asossiz xabarlarga işonmaslikni, ortiqça vahimaga berilmaslikni söraymiz», deyiladi rasmiy ma’lumotda.

«Özbekgidroenergo» AJ matbuot xizmati