Surxondaryo viloyati xalq deputatlari Qumqörğon tumani kengaşi navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Unda taşkiliy masala körib çiqildi. Viloyat hokimi Töra Bobolov, mahalliy kengaşlar deputatlari, viloyat, tuman hokimligi va davlat, jamoat taşkilotlari mutasaddilari iştirok etgan sessiyada tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş körsatkiçlari pastligiça qolayotgani, aholi turmuş şaroitini oşirişga yetarli e’tibor berilmayotgani tanqid qilindi.
Sessiyada Anvar Normamatov tuman hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Anvar Normamatov 1981 yil 10 martda Angor tumanida tuğilgan. 2003 yil Özbekiston Içki işlar vazirligi akademiyasini tugatgan. Ma’lumoti böyiça mutaxassisligi huquqşunos.
A.Normamatov 2003-2021 yillarda Surxondaryo viloyati içki işlar organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Anvar Normamatov 2021 yildan buyon Termiz şahri böyiça içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarma boşliği lavozimida işlab kelayotgandi.
Ma’lumot uçun, Qumqörğon tumaniga 2019 yil sentabridan buyon Rahmatulla Ğafforov rahbarlik qilib kelayotgandi.














