22 Dekabr

Olmaliq konlarida 5 ming tonna oltin hamda misning katta zaxirasi borligi ma’lum qilindi.

Olmaliq shahrida hudud faollari bilan uchrashgan davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev hokim yordamchilari aholi o‘rtasida ishonchni oshirishi zarurligi haqida aytib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Olmaliq shahrida bo‘lib turibdi. “Yoshlik I” koni va misni boyitish fabrikasini ko‘zdan kechirgan prezident hudud faollari bilan uchrashdi va Olmaliqdagi konlar istiqbollari haqida so‘zlab berdi.

Bugun, 22 dekabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Olmaliq shahriga tashrif buyurdi. 

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida joylashgan «Chinor» YPX maskanida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida viloyatga olib kirilayotgan noqonuniy tovarlar to‘xtatib qolindi. Bu haqda viloyat IIBB YHXB axborot xizmati tomonidan Kun.uz’ga ma’lum qilindi.

21 Dekabr

Fuqaro E.S. qoidabuzarlik bo‘yicha unga yozilgan jarimadan noroziligi sababli YHXBga borib e’tiroz bildirgan. Uning hujjatlari tekshirilganda, Jinoyat kodeksining uchta moddasi bilan ayblanib, qidiruvga berilgani ma’lum bo‘lgan. Buni bilgan xodimlar uni qo‘lga olishgan.

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Toshkent, Sirdaryo, Namangan va Samarqand viloyatlarida yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi.

Toshkent viloyatining Qibray tumanida vagon ustiga chiqqan litsey talabasi tok urishidan halok bo‘ldi. Bu haqda Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xabar berdi.

20 Dekabr

Toshkent viloyati prokuraturasining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, Zangiota hokimligi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Yerni auksionsiz tadbirkorga ajratish to‘g‘risidagi hokim qarori sudda bekor qilingan.

19 Dekabr

Zangiota tumanidagi Forobiy mahallasi tashkil etilayotganda mahalla markazida maktab va bog‘cha uchun deb mo‘ljallab yer maydoni qoldirib ketilgan. Biroq bu yer nol qiymatda, auksionsiz tadbirkorga berib yuborildi. Tadbirkorning akasi – kommunal xizmatlar vazirining birinchi o‘rinbosari.

17 Dekabr

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 16 dekabr kuni videoselektor tarzidagi yig‘ilishida qo‘mita tizimida murojaatlar bilan ishlash holati tanqidiy tahlil qilindi.

Ko`proq yangiliklar
Top