Zangiota tumani “Forobiy” MFYda maktab va bog‘cha uchun mo‘ljallangan yer maydonida kottejlar qurayotgan “Skytech-Line” MChJ muassisi va direktori kommunal xizmatlar vazirining birinchi o‘rinbosari bilan yaqin qarindosh ekani ma’lum bo‘ldi.

Kun.uz ushbu qurilishga aholining qarshiligi haqida 14 dekabr kuni “Besh tashabbus bahonami? Maktab uchun mo‘ljallangan yer tadbirkorga berib yuborildi” sarlavhali tahliliy maqola e’lon qilgan edi. Unda Zangiota tuman hokimligi hujjatlardagi so‘z o‘yinlari orqali aslida maktab va bog‘cha qurishga mo‘ljallangan yerni turar joylar qurish uchun tadbirkorga nol qiymatda berib yuborgani haqida yozilgandi.

Vaholanki, hududda yangi maktab va bog‘chaga ehtiyoj bor, buni Xalq ta’limi va Maktabgacha ta’lim vazirliklari ham tasdiqlagan. Tuman hokimligi esa na aholi e’tirozi, na prokuror protesti, na vazirlik va na kadastr organi e’tirozlarini inobatga olmayapti.

Aholi shikoyati yuzasidan o‘rganishlarimiz davomida nizoli hududda uy-joy qurayotgan “Skytech-Line” MChJ vazir o‘rinbosarining yaqin qarindoshi ekani ma’lum bo‘ldi.

Korxona-tashkilotlar reyestriga ko‘ra, korxona 2020 yil 21 yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Oradan 3 oy ham o‘tmay – 2020 yil 2 aprelda Zangiota hokimi bu firmaga ayni paytda nizoli yerni ajratib bergan.

Jamiyatning 100 foiz ulush bilan yagona ta’sischisi – fuqaro Suhrob Ismoilovich Saifnazarov. Firma direktori – Iskander Ismoilovich Saifnazarov.

Suhrob (fotosuratini topish imkoni bo‘lmadi) va Iskander Saifnazarovlar o‘zaro aka-uka bo‘lib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining sobiq deputati, professor Ismoil Saifnazarovning farzandlaridir. Biz ushbu firma rahbarlari bilan bevosita uchrashishga bir necha marotaba uringanimizga qaramay, so‘rovlarimiz javobsiz qoldi. Aniqrog‘i, har safar “keyingi hafta anig‘ini aytamiz” degan javob berildi.

Aka-uka Saifnazarovlarning yana biri – Saifnazarov Sohib Ismoilovich. U 2017-2019 yillarda tashqi savdo vaziri o‘rinbosari, 2019 yilda iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2019 yildan bugungi kunga qadar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining