Jumladan, 2021 yil 19 dekabr kuni soat 07:00larda Ohangaron tumanida joylaşgan «Çinor» YPX maskanida «Qöqon—Toşkent» yönalişi böylab harakatlanib kelayotgan «Cobalt» avtomobili haydovçisi töxtatib tekşirilganda, maşina yukxonasida tegişli hujjatlari bölmagan 115 quti «Mond» va 48 quti «Zumerret» nomli tamaki mahsulotlari olib ketilayotgani ma’lum bölgan. Holat yuzasidan tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, haydovçi M.O. va aniqlangan mahsulotlar tuman IIBga topşirilgan.
Şuningdek, 2021 yil 19 dekabr kuni soat 07:40larda «Qöqon—Toşkent» yönalişida harakatlanib kelayotgan «Gazel-330202» rusumli yuk avtomobili töxtatib tekşirilganda, transport vositasining yukxonasida tegişli hujjatlari bölmagan, xorijda işlab çiqarilgan çangyutkiç moslamalari olib ketilayotgani ma’lum bölgan. Holat yuzasidan tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, 1977 yilda tuğilgan haydovçi N.R. va aniqlangan vositalar tuman IIB xodimlariga topşirilgan.
Avvalroq, Toşkent viloyatida giyohvandlik vositasi olib ketayotgan haydovçi aniqlangani va noqonuniy dori vositalari aylanmasiga çek qöyilgani xabar berilgan edi.
















