Jahon | 15:30 / 24.08.2023
23565
6 daqiqa o‘qiladi

Tverdagi aviahalokat joyidan kadrlar va Baxmutdagi minomyotchilar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 546-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Tver oblastida Yevgeniy Prigojinga tegishli biznes-jyet halokatga uchradi. Bortda bo‘lgan o‘n kishining barchasi halok bo‘lgan. Rosaviatsiya «Vagner» XHK rahbari ham samolyot bortida bo‘lganini bildirgan.
  • Ukraina qurolli kuchlari Zaporijjya oblastidagi Rabotine qishlog‘i ozod etilganini e’lon qildi.
  • Ukraina QK aviabazasiga rossiyaliklarning Mi-8 vertolyoti qo‘ndi. «Ukrainskaya pravda»ning tasdiqlashicha, uning piloti razvedka tomonidan og‘dirib olingan.
  • Reuters: Rossiya aviakompaniyalari sanksiyalarni chetlab o‘tgan holda samolyotlar uchun bir milliard dollardan ortiq qiymatdagi ehtiyot qismlarni qo‘lga kiritgan.
  • Ukraina razvedkasi Qrimda portlash oqibatida Rossiyaning S-400 kompleksi yo‘q qilingani haqida ma’lum qildi.
  • Sumi oblastida dron zarbasi oqibatida maktab xodimlari bo‘lgan to‘rt kishi halok bo‘ldi.
  • Moskva-Sitidagi binolardan biriga dron kelib urildi. RF mudofaa vazirligiga ko‘ra, yana ikkita dron Moskva oblasti hududida urib tushirilgan.
  • RIA Novosti ma’lumotiga ko‘ra, Sergey Surovikin o‘rniga Viktor Afzalov RF havo-kosmik kuchlari qo‘mondoni etib tayinlangan.

Putin Haaga sudi orderi tufayli BRICS sammitida videoaloqa orqali qatnashdi

Iyul oyida Vladimir Putin JARdagi BRICS sammitida shaxsan ishtirok etishdan bosh tortgandi, chunki Haagadagi Xalqaro jinoyat sudi uni hibsga olishga order bergandi, JAR esa ushbu sud qarorlarini bajarish majburiyatini olgan. Natijada Rossiya delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov rahbarlik qildi. Putin ham 22 avgust kungi Yohannesburg sammitida ishtirok etdi — videoaloqa orqali. Kreml pulidagi jurnalistlarning xabar berishicha, prezidentning biznes-forumdagi murojaati o‘zgartirilgan ovoz bilan berilgan. Nega bunday bo‘lgani ma’lum emas.

Mixail Klimentev / Sputnik / AP / Scanpix / LETA

Yevgeniy Prigojinning o‘ldirilishi

24 avgust tongiga kelib ham Yevgeniy Prigojinning o‘limi to‘g‘risida rasmiy ma’lumot yo‘q. Shu bilan birga BBC rus xizmatining olti nafar suhbatdoshi Tver oblastida qulab tushgan samolyot yo‘lovchilari ro‘yxatida qayd etilgan «Vagner» XHK rahbarining o‘limini «u yoki bu ko‘rinishda» tasdiqlagan. 23 avgust kuni kechqurun Prigojin va vagnerchilar komandiri Dmitriy Utkinning o‘limi haqida «Vagner» XHKga yaqin bo‘lgan Grey Zone telegram-kanali hamda Kreml ta’siridagi «Tsargrad» telekanali xabar bergandi. Prigojinga tegishli bo‘lgan Embraer Legacy 600 samolyoti halokatga uchragan joyda o‘n kishi jasadi qoldiqlari aniqlangan.

Tergov qo‘mitasining G‘arbiy mintaqalararo tergov boshqarmasidagi manba «Kommersant»ga ma’lum qilishicha, hozircha terakt haqida ish ochish uchun hech qanday asoslar yo‘q. Samolyot qulaganidan keyin RF Tergov qo‘mitasi harakat xavfsizligi va havo transportidan foydalanish qoidalarini buzish (RF JK 263-modda) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan. RBK nashrining huquq-tartibot organlaridagi manbasi tergovchilar barcha ehtimoliy versiyalarni, jumladan, «uchuvchining xatosi, texnik nosozlik va tashqi ta’sir» omillarini ham ko‘rib chiqayotgani haqida aytgan. G‘arblik mulozimlardan biri shaxsi sir qolishi sharti bilan Financial Times nashriga, undagi ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot Rossiyaning zenit-raketa tizimi orqali urib tushirilgani haqida aytgan. U bu ma’lumotni qayerdan olganiga aniqlik kiritmagan.

Rossiya nashrlarida tarqalgan so‘nggi xabarlarga ko‘ra, Prigojinga tegishli samolyotda portlovchi qurilma shassi bo‘lmasiga o‘rnatilgan bo‘lgani versiyasi ham ko‘rib chiqilmoqda. Aynan shassi hududida osmonda portlash ro‘y bergan va buning natijasida samolyotning qanoti uzilib ketgan va uning parchalari quyruqdagi stabilizatorga borib urilgan. Buning natijasida biznes-jyet keskin balandab, so‘ngra aylanganicha yerga qulab tushgan.

Yevgeniy Prigojinning samolyoti halokatga uchragan joyda olingan ilk surat Grey Zone telegram-kanalida e’lon qilindi
@grey_zone / Telegram / AFP / Scanpix / LETA

Samolyot halokatga uchragan joyda tergov-surishtiruv tadbirlari

Rossiya kuchishlatar tuzilmalari xodimi (aynan qaysi tuzilma ekani aniq emas) Prigojin samolyoti qulagan joyni qo‘riqlamoqda
Olga Malseva / AFP / Scanpix / LETA

Moskva-Sitida yana dron portlashi

23 avgustga o‘tar kechasi Moskva-Sitidagi binolarning yana biriga dron kelib urildi. Shahar meri Sergey Sobyaninning xabar berishicha, «atrofdagi ikkita besh qavatli binolarning ham derazalari to‘kilib ketgan». Uning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q. Yetkazilgan zarar ko‘lami hisoblab chiqilmoqda.

Nataliya Kolesnikova / AFP / Scanpix / LETA

Baxmut yaqinidagi ukrainalik minomyotchilar

Ukrainalik jangchi rossiyaliklarning Baxmut atrofidagi pozitsiyalari bo‘ylab minomyotdan zarba bermoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Mavzuga oid