Davlat statistika qömitasining 2021 yil 10 martda ötkazgan kuzatuvlariga köra, Toşkent şahrining «Eski jöva» va «Qöyliq dehqon bozor»larida mahalliy paxta yoği 11 ming sömdan (minimal narx), «Farhod dehqon bozori»da kungaboqar yoği 19500 sömdan (maksimal narx) sotilmoqda.

Qömita fevral oyining mos davrida e'lon qilgan xabarida, kungaboqar yoği (maksimal) «Mirobod dehqon bozori»da 19 ming sömdan sotilayotgandi. Şuningdek, Kun.uz örganişlariga köra, şu davrda «Qöyliq dehqon bozori»da kungaboqar yoği örtaça 17-19 ming söm, ayrim kungaboqar yoği turlari (masalan, «Ideal» yoği) 30 ming söm atrofida sotilayotgani ma'lum böldi.

«Yoğ-moy sanoati korxonalari uyuşmasi» ma'lum qilişiça, ösimlik yoği narxi 17 foizga oşgan.

Tovar-xomaşyo birjasida paxta yoği narxida barqarorlik kuzatilmoqda: 2021 yil 18 fevral holatiga köra, paxta yoği birjada 12 664 sömdan sotilgan bölsa, ötgan oyning mos davrida 12 892 sömga baholangan.

Özbekistonda nega paxta yoği narxida barqarorlik kuzatilayotgan bir paytda kungaboqar yoği narxi keskin oşdi?

Yoğ-moy sanoati korxonalari uyuşmasi raisi örinbosari Qamar Serkayevning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, kungaboqar yoği narxi oşişiga katta hajmda oziq-ovqat xomaşyolarini yetiştiradigan davlatlarda ham pandemiya tufayli öz-özini izolyatsiya qiliş tufayli yerlarga ekin ekilmay qolib ketgani, şuningdek, ekinlarga yaxşi qaralmagani natijasida hosil kamaygani sabab bölgan.

«Nafaqat ösimlik yoği, balki barça oziq-ovqat mahsulotlari böyiça narxlar 2020 yilning 4-çoragida ösiş kuzatildi. Yoğ-moy böyiça eng katta xomaşyo bazamiz Rossiya hisoblanadi. Rossiyaning özida ham ötgan yili 15 million tonnadan köproq moyli xomaşyo yetiştirilgan, bu yil 12,5 million tonna deb ma'lumot berildi. Rossiya öz ehtiyojlariga örta hisobda xomaşyoning 8 million tonnasini işlatadigan bölsa, odatda 6,5 million tonnasini eksportga - Özbekiston, Qozoğiston, Afğoniston, Turkiya va eng katta xaridori Xitoyga sotadi. Natijada salkam 2,5-3 million tonna hosil kam olindi va çetga sotadigan xomaşyosi ham kam çiqdi.

Şuning natijasida Rossiya öz bozoridan mahsulot çiqib ketmasligi va bozorini himoya qiliş uçun turli tösiqlar qöydi. Bugungi kunda Özbekiston Rossiyadan moyli xomaşyolardan, asosan, kungaboqar, soya uruği sotib oladigan bölsa, 30 foizlik bojxona boji qöyiladi. Masalan, 400 dollarga bir tonna xomaşyo sotib olinsa, birdaniga 120 dollar ustiga qöyiladi. Natijada xomaşyo qimmat kirib mahsulot narxi qimmatlaşgan», dedi uyuşma raisi örinbosari.