Uruşdan oldingi davrda Rossiya va Ukraina bir qator asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bozorida, xususan, don va ösimlik moyi eksportida yetakçi örinlarni egallagan. Şuningdek, Rossiya neft, neft mahsulotlari va öğitlar hamda tabiiy gazning eng yirik eksportyori edi.

Ayni paytda esa Ukrainaning özida oziq-ovqat yetişmovçiligi kuzatilmoqda. Mamlakatdagi portlar Rossiya floti tomonidan tösib qöyilgani tufayli eksport va import töxtagan.

Prognozlarga köra, keyingi davrda bu holat yanada yomonlaşişi mumkin. Joriy yilda hosil qanday bölişi noma’lum, çunki kungaboqar uruğlari yetiştiriladigan unumdor Ukraina yerlari minalar va vayron qilingan rus tanklari bilan tölib-toşgan, fermerlar öz texnikalaridan doimiy ravişda foydalanişdan mahrum qilingan.

Uşbu omillar oilaviy budjetining katta qismini oziq-ovqatga sarflaydigan kambağal mamlakatlar aholisi uçun juda ham oğriqli hisoblanadi. Dunyo kovid va ötgan yilgi qurğoqçilikdan zörğa tiklandi, uruşsiz ham oziq-ovqat narxi köplab rekordlarni yangiladi.

BMT ma’lumotlariga köra, birgina mart oyining özida oziq-ovqat narxlari 13 foizga qimmatlaşgan. Bu indeks yuritilib kelinayotgan 1990 yildan keyingi eng yuqori körsatkiç hisoblanadi. Mutaxassislar narxlar yana 8 foizga va hattoki 22 foizgaça oşişi mumkin, deb hisoblaşmoqda.

Trostyanetsda ukrainlar traktorda ruslar qoldirib ketgan zirhli texnikani sudrab ketmoqda. Foto: Reuters

Uruş tufayli qişloq xöjaligi texnikalari uçun zarur bölgan yonilği narxi, dengiz va quruqlik yöllari orqali yuk taşiş, öğitlar va saqlaş xarajatlari qimmatlaşmoqda. Odamlar uçun ham, çorva mollariga ham ğalla yetişmayapti, şu bois göşt va boşqa oziq-ovqat mahsulotlarining bahosi ham oşib bormoqda.

Bruegel tadqiqot markazi mutaxassislarining fikriça, eng yomon holatda ham, dunyoda butun sayyora aholisi ta’minoti uçun yetarli miqdorda oziq-ovqat böladi.

Qaysi davlatlar köproq zarar köradi?

Uruşning oqibatlari ayniqsa qurğoqçil mintaqalar – Yaqin Şarq va Şimoliy Afrikadagi rivojlanayotgan mamlakatlar uçun oğriqli böladi. Uşbu davlatlar umumiy oziq-ovqatining 90 foizdan ortiğini import qiladi. Asosiy yetkazib beruvçilar esa Rossiya va Ukrainadir.