Soliq kodeksiga özgartişlar kiritildi. Asosiy özgarişlar Özbekistonga ösimlik yoği, kungaboqar va ziğir uruği, soya danagini olib kiriş, şuningdek ösimlik yoğini işlab çiqariş va (yoki) realizatsiya qiliş böyiça aylanma qöşilgan qiymat soliğidan ozod qiliş muddati 2022 yil 31 dekabrgaça uzaytirilişini öz içiga oladi. Ilgari bu muddat 2022 yil 30 aprelgaça edi.

Göştni (mol göştini, qöy göştini), tirik hayvonlarni (molni va qöyni) va ularni söyişdan olingan mahsulotlarni, kartoşkani realizatsiya qiliş böyiça aylanma, şuningdek ularni Özbekistonga olib kirişda qöşilgan qiymat soliğidan ozod qiliş muddati 2022 yil 31 dekabrgaça uzaytirildi.

Şuningdek, tovuq göşti, muzlatilgan baliq va tirik parrandalarga qöşilgan qiymat soliği böyiça imtiyoz 2022 yil 30 aprelgaça etib özgartirişsiz qoldirildi.

2022 yil 1 yanvardan 2031 yil 1 yanvargaça Möynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qişloq xöjaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlar:

  • foyda, aylanmadan olinadigan, ijtimoiy va daromad soliğini 1 foizda tölaydi;
  • yuridik şaxslarning mol-mulk, yer va suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliqlarini 1 foizda tölaydi.

Böyalgan mato va gazlamani hamda tayyor tikuv-trikotaj mahsulotini eksport qiluvçi tadbirkorlar 2022 yil 1 fevraldan 2025 yil 1 yanvargaça ijtimoiy soliqni 1 foiz tölaydi.