“Nigoh” kanalida xabar berilişiça, 2022 yil 1 maydan boşlab 2023 yil 1 yanvarga qadar:

  • bir qator tovarlarni (ilova) olib kirişda bojxona bojlarining nol stavkalari belgilanadi;
  • savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng köp qulaylik beriş rejimi nazarda tutilmagan mamlakatlarda işlab çiqarilgan tovarlarga nisbatan bojxona bojining ikki baravar stavkasi qöllanilmaydi.

Quyidagilarni 2022 yil 1 iyundan boşlab Özbekiston bojxona hududidan taşqariga olib çiqiş (eksport qiliş) vaqtinçalik taqiqlanadi:

  • ösimlik yoği, şu jumladan paxta, kungaboqar yoği, bundan amaldagi kontraktlar (şartnomalar) doirasida 2022 yil 1 iyunga qadar oldindan tölovlar amalga oşirilgan holatlar, şuningdek, Özbekiston “bojxona hududida qayta işlaş” bojxona rejimida qayta işlanganlari mustasno;
  • kungaboqar uruğlari (TIF TH kodi 1206 00) hamda boşqa yoğ ösimliklarining uruğlari va mevalari (TIF TH kodi 1207), bundan qonunçilikda belgilangan holatlar mustasno.
  • Vazirlar Mahkamasiga mazkur tovarlarning içki bozorda yetarli hajmi mavjud bölgan taqdirda, uşbu bandda körsatilgan tovarlar eksportini qayta tiklaş huquqi berildi.

2023 yil 1 yanvarga qadar quyidagilar:

  • Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 yanvardagi “Mahalliy işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi 41-son qarorida nazarda tutilgan davlat buyurtmaçilari tomonidan davlat xaridlari doirasida import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarini sotib oliş böyiça çeklovlar;
  • Özbekistonga olib kiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarini davlat tilida majburiy markirovka qiliş tartibi vaqtinçalik töxtatiladi.